Sharqda bozorlar nafaqat savdo-sotiq nuqtalari, balki xalqning madaniyatini ham aks ettiradi. Bugun bu maskanlar kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan fayzu tarovati o‘zgacha.

Masalan, “Farhod dehqon bozori”ga kiraverishdayoq, insonning kayfiyati ko‘tariladi. Bayram munosabati bilan bezatilgan 14 metrli archa, uning atrofidagi o‘yinchoqlar, maxsus jihozlangan sahna va undagi jonli ijro, bozorlik taraddudidagi odamlarning chehralari, bolajonlarning quvnoq ovozlari... Albatta, bularning barchasi eng avvalo yurtimizda insonga e’tibordan dalolatdir. Bayram oldidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida bejirim bezatilgan rastalarni to‘ldirib turgan oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlar, ularning arzonlashtirilgan narxlari ayniqsa inson ko‘nglini ko‘taradi. Bobodehqon zahmatidan hosil bo‘lgan bu mahsulotlar “Daladan - dasturxonga” tamoyili asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri rastalardan joy olishi bayram taraddudida yurgan yurtdoshlarimiz uchun yana bir qulaylikdir. 

Arzonlashtirilgan bayram yarmarkasi uchun bozor ma’muriyati tashabbusi bilan maxsus omborxonalaridan mahsulotlar peshma-pesh bozor rastalariga chiqarilayotir. Bir kunda o‘rtacha 4-5 ming nafar xaridor kelishini inobatga olib, 105 tonna kartoshka, 80 tonna piyoz, 22 tonna sabzi va 50 tonna guruch arzonlashtirilgan narxda rastalarga olib chiqiladi. Yog‘, shakar va un mahsulotlari yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma asosida arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga sotiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CRM-1e77pMM" title="Yangi yil oldidan bozorlarimiz tarovati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Xattoki, tirik baliq ham sirdaryolik fermerlar bilan shartnoma qilingani xolda kundalik bir tonnadan o‘n tonnagacha bozorga olib kirilmoqda. Bayram arafasida qishloq xo‘jaligi maxsulotlari uchun 18 ta rasta, oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar uchun 10 ta rasta, go‘sht maxsulotlari uchun maxsus muzlatkichli 12 ta rasta jixozlantirildi. Shu bilan birga maxsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida “Farhod dehqon bozori”ga Namangan viloyati biriktirildi va ular uchun ham alohida rastalar jihozlantirildi. Narxlarning mo‘’tadilligini saqlash uchun jamoatchilik nazorati o‘rnatildi va Bosh Prokuraturaning departamenti tomonidan narhlarning oshib ketmasligi uchun sotuvchilar o‘rtasida muntazam profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, arzonlashtirilgan maxsulotlar sotuvi so‘nggi yillarda doimiy ravishda davom etib kelmoqda, bayram yarmarkasi esa 20 dekabrdan boshlanib, 10 yanvarga qadar o‘tkaziladi. 

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil oldidan bozorlarimiz tarovati (+video)