Har bir bayram bolajonlar bilan totli. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonalari ularga beg‘ubor orzu-umidlar, mehr-oqibat va yangi marralar olib kelishini intiqlik bilan kutadilar. Respublikamiz bo‘ylab Yangi yil bayrami arafasida turli tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu shodiyonalar, ayniqsa bolajonlarga o‘zgacha zavq bag‘ishlamoqda.

Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 566-sonli DMTTda o‘tkazilgan bayram tadbiri ham bolajonlarga bir olam quvonch tuhfa etdi. Bayram tadbirida DMTTning sog‘lomlashtirish gimnastikasi to‘garagi a’zolari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga, “Raqslar jilosi” to‘garagi a’zolari ham o‘zlarining go‘zal raqslari bilan barchani xushnud etdi.    

Tadbir katta archa atrofida uyushtirilgan badiiy dastur bilan yanada fayzli bo‘ldi. Qorbobo va Qorqiz, turli multfilm qahramonlari obrazlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, bolajonlarga  olam-olam zavq ulashdi.  Iqtidorli o‘g‘il-qizlarning sho‘x qo‘shiq, tarona va raqslari barchaga shodlik va hayajon, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.  

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan bolajonlar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

Nosirjon Haydarov(surat)  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi yil bayrami – bolalar quvonchi