Yangi yil arafasida talabalarga yana bir qulaylik
Talaba va o‘quvchilarning qishki ta’tilida doimiy turar joylariga borib kelishlari uchun yana bir qulaylik yaratildi.
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ xabariga ko‘ra, bayram munosabati bilan talabalar uchun poyezd chiptalariga beriladigan 50 foizlik chegirma 28 dekabrdan 10 yanvargacha uzaytirilgan.
Endi talaba va o‘quvchilar 2021 yil 25, 26, 27 dekabr kunlari ham 50 foizlik chegirmadan foydalanib, chipta xarid qilishi mumkin.
Maftuna Karimova, O‘zA