Ma’lumki, bugungi kunda poytaxtimizda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi.

Yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yana ko‘payishi kutilmoqda. Bugungi kunning o‘zida shaharda yiliga 20 mingdan ziyod kvartirali ko‘p qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor.

Shuning uchun poytaxtimizning barqaror rivojlanishini o‘ylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olishimiz zarurligini davlatimiz rahbari bir necha bor ta’kidlab kelmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va Turkiyalik mutaxassislar bilan Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi.

Jumladan, Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida "Yangi Toshkent" loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olindi.

"Yangi Toshkent" loyihasi taxminan 1 million aholi uchun zamonaviy shahar makonini yaratish maqsadida 6000 gk maydonni o‘zlashtirishga qaratilgan.  Loyihaning birinchi bosqichida ko‘p qavatli uylar, maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxona va poliklinika qurilishini o‘z ichiga oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 million nafardan oshiq aholi uchun mo‘ljallangan shaharda 2024–2025 yillarda bir qancha vazirliklar, universitetlar, madaniyat joylari va ijtimoiy ob’ektlar qurish ishlari boshlanadi.

Cross Works kompaniyasi Yangi Toshkentning master-rejasi videosini e’lon qildi. Unda egizak minoralar majmuasi quriladigan "1-tuman" bilan tanishish mumkin. U dunyoda balandligi bo‘yicha beshinchi o‘rinda bo‘ladi (575 m).

Yangi shahar Chirchiq va Qorasuv daryolari o‘rtasidagi 25 000 gektar maydonda 2,5 million kishiga mo‘ljallangan. Shu bilan birga, qurilishning birinchi bosqichi taxminan 6 000 gektarni tashkil etadi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan poytaxtimiz aholi uchun har tomonlama qulay sharoitga ega, chinakam ekologik shahar bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi aynan Yangi Toshkent hududidan boshlanadi. Bunda 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekilishi rejalashtirilgan.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/BLH0nbZ1nLM" title="“Yangi Toshkent”ning master-rejasi eʼlon qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xulosa qilib aytganda, poytaxtimiz Yangi O‘zbekistonning yuksak taraqqiyot darajasi va salohiyatiga har tomonlama mos bo‘lgan yirik megapolisga, dunyodagi eng go‘zal va jozibador shaharlardan biriga aylanishiga umid qilib qolamiz.

M.Turdaliyeva, I.Ismatov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yangi Toshkent"ning master-rejasi e’lon qilindi (+video)