Prezident tashrifidan so‘ng...

Yigirma ikki ming nafarga yaqin yoshlarni jamlagan dargoh. O‘n to‘rtta fakulteti bor, yetti yuz nafardan ortiq professor-o‘qituvchi mehnat qilayotgan muassasa. Bu katta raqamlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tegishli.  

O‘quv binolari, laboratoriyalar, kutubxonalar, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, talabalar turar joylari mana shu ahil jamoa ixtiyorida.  

Universitet pedagoglar tayyorlash bo‘yicha katta tajriba va tarixga ega. Davlatimiz rahbari o‘qituvchisi qadr-qimmati baland bo‘lgan xalqning obro‘-e’tibori yuksak bo‘lishini ko‘p takrorlaydi. Mamlakatimizda bu bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ta’lim dargohi uchun Yangi Toshkent shahrida qurilayotgan yirik majmua sohaga e’tiborning yana bir namunasi bo‘lmoqda.  

Davlatimiz rahbari 2024 yilning 28 dekabrida shahardagi ilm-fan va ta’lim maskanlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishgan edi. 

Ushbu tashrif doirasida universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev bilan suhbatlashdik.

– Pedagogika barcha mutaxassisliklar orasida eng sharaflisi hisoblanadi. Inson qanday kasb egasi bo‘lmasin, ilk saboqni o‘qituvchidan oladi. Barkamol avlodni tarbiyalash ana shu kasb egalari zimmasiga yuklanadi. Shu jihatdan ham davlatimiz rahbarining universitetimiz kelajagiga g‘amxo‘rligi yoshlar kamolotiga daxldorligi bilan juda ahamiyatli, – deydi A. Qirg‘izboyev. – Prezident universitetimizning o‘quv kompleksi loyihasi doirasidagi bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari bunday ma’rifat maskanlari bunyod etilishi yoshlarimiz kelajagiga investitsiya kiritishdir dedilar. Bugun bilim olayotgan yoshlar kelajakda mamlakatimizni oldinga boshlaydigan, muammolarni hal etadigan “kalit” bo‘lishini alohida ta’kidladilar.  

Yangi kampusimiz barpo etilishiga 2023 yilning 3 aprelida start berilgan edi. Bugun bu yerda ish jarayoni qizg‘in.  

Qirq gektarlik maydonda o‘quv binolari quriladi. E’tiborlisi, 5 ming o‘rinli yotoqxona, 300 o‘rinli bog‘cha, 616 o‘rinli maktab, 588 o‘rinli akademik litsey, zamonaviy sport kompleksi, madaniyat saroyi, amfiteatr va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga olgan majmua bunyod bo‘lmoqda.

Hozirgi kunda yettita fakultetimiz poytaxtning turli hududlarida joylashgan. Ularning aksariyati eski binolarda faoliyat olib bormoqda. Darslarning uch smenada tashkil etilayotgani esa masalaning yana bir hal etilishi lozim bo‘lgan tomoni.

Ob’ektlar foydalanishga topshirilsa, yuqorida keltirilgan noqulayliklar bartaraf etiladi. Darslar bir smenaga o‘tkaziladi, zamonaviy sharoitlar yaratishi evaziga ta’lim sifatida o‘sish bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda yuqori reytingli xorijiy oliygohlar tajribasi asosida innovatsion pedagogik klaster tashkil etiladi.

Prezident yangi binolarimiz faqat mahobati bilan ajralib turishi kerak emas, balki ilm va ma’naviyat ulashishda peshqadam bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi. Yangi imkoniyatlarga ega inshootni boshqarishda ilmiy-innovatsion asoslarga tayanilgan yondashuv kerakligi bo‘yicha topshiriqlar oldik. Shundan kelib chiqib, o‘quv uslublari, auditoriya fondini yuritish mukammal bo‘ladi.  

O‘zA muxbiri Ikrom AVVALBOEV yozib oldi.

 Rustam NAZARMATOV olgan suratlar.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Toshkentda yoshlar intiladigan ilm-fan va ma’naviyat maskanlari bunyod bo‘lmoqda