Orzuimizdagi shahar – Yangi Toshkent barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha mukammal, o‘zga siti va kentlardan farqli, hatto bir necha pog‘onaga yuqori, ustun bo‘lishi kutilmoqda. Ta’kidlash joiz, xalqaro tanlovlarda XXI asr shaharlariga ko‘plab jiddiy shart, talablar qo‘yilyapti. Buni biz Qozog‘istonning yangi poytaxti – Ostona, Turkmanistonning go‘zal Arqadag‘i va so‘nggi yillarda qad ko‘tarayotgan boshqa qator shahar, siti, kentlar misolida ko‘ryapmiz.

Zamonaviy shaharda hayot, avvalo, ortiqcha shovqin-suron, to‘s-to‘polonsiz bir maromda kechadigan, mo‘’tadil bo‘lishi lozim. Madaniy, ko‘ngil ochar muassasalar – teatr, sirk, tomosha zallari repertuari boy, mazmunli va rang-barang, havo toza, atrof-muhit ko‘zni quvontiradigan, hatto, hayratlanarli, taklif qilinayotgan xizmat turlari esa ehtiyojingizni yuqori saviyada to‘la qondira oladigan, asrimizning nozik didli ichki va tashqi sayyoh-u mehmonlarini qanoatlantiradigan darajada bo‘lishi zarur.

Лuchшие мегаполисы мира - Реdaкция Germaniya

Qayd etish joiz, bugun jahonda shunday shaharlar bor. Vena, Kopengagen, Syurix, Kalgari, Vankuver, Jeneva, Frankfurt, Toronto, Amsterdam, Osaka, Melburn kabi o‘ta zamonaviy megapolislarga hamma havas qiladi. Yangi O‘zbekistonning Yangi poytaxti ham ana shunday shaharlar qatoridan o‘rin olishiga shubha yo‘q.

Eski Toshkentdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda – Chirchiq bilan Qorasuv daryolari oralig‘ida havas qilsa arzigulik, orzulardagi Yangi Toshkent shahri qad ko‘tarmoqda.

Xitoyda chiqadigan “Daily Economic” gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil O‘zbekistonni, shahar va qishloqlarimizdagi tarixiy, madaniy, me’moriy yodgorliklarni 6,6 milliondan ziyod xorijiy sayyoh ziyorat qilgan. Bu raqam Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi yirik shaharlar aholisi yig‘indisidan ham ko‘p. Xorijiy muxbir 2030 yilgacha yurtimizga keladigan turistlar soni hozirgidan 2 yarim barobar ko‘payib, yiliga 15 milliondan ortishini hisoblagan.

Mashhur nashr keltirgan yana ikki raqamga diqqatingizni qaratmoqchimiz. So‘nggi yillarda mamlakatimiz turizm sektori iqtisodiyotga kutilganidan ziyoda daromad keltirdi, 70 ming yangi ishchi o‘rni yaratish imkonini berdi.

Uzbekistan's tourism achievement are highlighted by Chinese media - Daily  Economics

– O‘zbekiston, uning mehnatkash, zahmatkash va ayni payt baxtli aholisi, YUNESCO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mashhur tarixiy obidalari bisyor bu diyor Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan-da! – deya ham hurmat-e’tibor, ham orzu-havas bilan yozadi gazeta.

Ташkent - мегаполис Азии. | w-sail | Дзен

Bugungi Toshkent ko‘chalaridagi tirbandlik so‘nggi yillarda tillarda doston bo‘lib ketdi. Yangi Toshkent loyihasida bu muammoni jamoat transportini takomillashtirish, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish orqali hal etish nazarda tutilgan. Buning uchun ma’muriy binolar, ko‘cha-maydonlar zamonaviy uslubda loyihalashtirilishi, keng va ravon aqlli yo‘llar, chorrahalar, ko‘priklar barpo etilishi, aholi uyidan 15 daqiqa piyoda yuriladigan masofada bekat, do‘kon, maktab, poliklinika va boshqa xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilishi lozim. Shuningdek, “Park and ride” tamoyili asosida, shahar chetida avtomobillar to‘xtash joylari tashkil etilib, jamoat transporti bekatlari bilan bog‘lanadi.

New Tashkent city Yangi тошkent

Yangi Toshkent tabiiy qulay sharoitga ega hududda qad ko‘tarmoqda. Go‘zal manzara, Chotqol tog‘ tizmasi tomondan esayotgan sof havo, o‘zani to‘lib oqayotgan daryo bosh kent jamolini yanada ochishi tayin. Namunali xizmat turlari, malakali ta’lim, mazmunli xordiq, inson qo‘lidan yaralgan mo‘’jaz tabiat qo‘ynidagi jannatmonand bog‘lar, zamonaviy jihozlangan sport maydonchalari va zallari, suzish havzalari aholi ixtiyorida bo‘ladi. Beixtiyor, havasimiz ortadi...

Башни-близнецы», остров и национальная опера: Новое buдuщее «Нового  Ташkentа» — Взгляд.uz

“ToshkentboshplanLITI” korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent shahri bosh loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2022 yildagi ko‘rsatma va takliflari asosida, shahar qurish borasida ulkan tajriba to‘plagan Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda yanada mukammallashtirildi.

Bugun Toshkent zamonaviy osmon o‘par binolari bilan samoga bo‘y cho‘zmoqda. Respublika rahbariyatiga poytaxtning 2045 yilga qadar, ya’ni qariyb 20 yillik rivojlanish rejasi taqdim etilgan. O‘sha davrgacha aholi soni ortib, turmush darajasi, madaniyati taraqqiy etib, shahar hududi ancha kengayadi. Ma’lumki, bugun rasmiy ma’lumotga qaraganda 3 million aholi istiqomat qiladigan Toshkent 43 822 gektar yerni egallagan. Yangi reja bo‘yicha poytaxtdagi bog‘, xiyobon va gulzorlar maydoni uch barobar ortib, shahar 25 ming gektarga kengayadi. Jamoat transporti faoliyatini tubdan yaxshilash maqsadida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Yangi Toshkent

2 200 yoshli ko‘hna Toshkent Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p, yirik shahar hisoblanadi. “Yangi Toshkent” loyihasida esa yana 1 million kishi yashashi uchun qulay shart-sharoit yaratilishi, shunga mos infratuzilma shakllantirilishi – tog‘ning toza ichimlik suvi keltirilishi, hudud mukammal tarzda issiqlik, gaz va elektr quvvati, telefon, televideniye, internet bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Birinchi bosqichda zamonaviy ilg‘or me’morchilik namunalarini o‘zida mujassamlashtirgan, 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli shinam uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi. Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binosi, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari qad ko‘taradi.

Видео YANGI TOSHKENT.. городе Ташkent 22 .. Ташkent YANGI LOYIHALAR ,, |  OK.RU

Alalxusus, Yangi Toshkentda Uchinchi Renessansga asos soladigan, Yangi O‘zbekistonni yaratadigan, zamonaviy tilda aytsak, yangi - IT avlod istiqomat qiladi.

Irismat Abduxoliqov,

O‘zA sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Toshkent - yashash uchun eng qulay shahar