Yangi Toşkent va hududlarda yirik şaharsozlik loyihalariga keng imtiyozlar beriladi
Yangi Toşkent şahri va hududlarda investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş, yirik şaharsozlik loyihalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda maʼmuriy tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
2026-yil 11-noyabrda qabul qilingan uşbu hujjatga köra, maxsus hududlarda yirik loyihalar uçun “tartibga soliş qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilib, investorlarga qator muhim soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etiladi.
Yangi Toşkent şahri va hududlarda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi hamda turizm salohiyatini oşiriş uçun qiymati 50 million AQŞ dollari va undan ortiq bölgan yirik şaharsozlik loyihalari har tomonlama qöllab-quvvatlanadi. Yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirişdagi maʼmuriy tösiqlar va byurokratik ğovlar bartaraf etiladi.
Şuningdek, mazkur farmon ilovasida belgilangan hududlarda (maxsus hududlar) şaharsozlik sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş böyiça “tartibga soliş qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilişi belgilandi.
Farmonga köra, maxsus huquqiy rejim doirasida “davlat – investitsiyaviy şerik” tamoyili asosida imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi.
Investitsiya hajmi kamida 50 million AQŞ dollarini taşkil etadigan şaharsozlik loyihalari doirasida foydalaniladigan obʼektlar böyiça yuridik şaxslar 20 yil muddatga mol-mulk soliği va yer soliğini tölaşdan ozod etiladi.
Şaharsozlik loyihasini amalga oşiriş doirasida boş pudratçi va boş loyiha taşkiloti tomonidan Özbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oşirmaydigan çet ellik jismoniy va yuridik şaxslardan sotib olinadigan xizmatlar qöşilgan qiymat soliğidan (QQS) ozod etiladi.
2040-yil 1-yanvarga qadar investorlar (taşabbuskorlar) tomonidan şaharsozlik loyihasi doirasida olingan dividendlar tarzidagi daromadlar Özbekiston Respublikasi hududiga qayta investitsiya qilingan taqdirda, bunday daromadlar soliqdan ozod qilinadi.
ÖzA