Tarixga nazar solsak, asrlar davomida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamda insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya shakliga kelganini ko‘ramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil davlatimiz huquqiy asosi, jamiyat barqarorligi kafolati hisoblanadi. Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligini butun xalqimiz keng nishonlamoqda. Zero, 2023 yil 30 aprel kuni yurtimiz tarixida unutilmas voqea – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda umumxalq referendumi asosida qabul qilindi. Unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topgani dunyo hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilmoqda.  

Adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik, bag‘rikenglik, mardlik, tantilik kabi ulug‘ xislatlar Konstitutsiyamizdan munosib o‘rin olgan. U umuminsoniy g‘oyalar – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘ g‘oyalarga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, joriy yilning 8 may sanasida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident farmoni hamda shu yilning 16 noyabrida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishida qayd etilganidek, “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”.  

E’tirof etish joizki, bugun Konstitutsiya normalari xalqimiz hayotida ifodasini topa boshladi. Avvalo, O‘zbekiston o‘zining suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatidagi maqomini mustahkamladi. Shuningdek, yangi Konstitutsiyaning umumxalq referendumi asosida qabul qilingani xalqimizning Vatan taqdiriga daxldorligi, yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati hamda ishonchini namoyon etdi.  

Inson huquq va erkinliklari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, davlat suvereniteti prinsiplari, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatini namoyon etgan holda fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilindi.

Asosiy qonunimizda belgilangan konstitutsiyaviy normalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom ma’noda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini yaratdi,  deyish mumkin.

Shu ma’noda  davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Eng muhimi, endi islohotlarimiz yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz”.

Bosh Qomusimizning muqaddimasida davlat va jamiyat taraqqiyotining huquqiy mafkurasi, xalqimiz Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida tayanadigan konstitutsiyaviy qadriyatlar va tamoyillar aniq belgilab berildi.

Konstitutsiyaning 1 moddasida esa “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”, deb belgilandi.

Chindan ham, yangi O‘zbekiston iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlari bilan dunyo hamjamiyati hurmat-e’tirofini qozonmoqda. Bunga, albatta, mamlakatimiz iqtisodiy ravnaqi, xalqimiz turmush tarzidagi farovonlik, yosh avlod kamoloti yo‘lidagi tub islohotlar samarasiga asos bo‘lmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat bo‘ldi. Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘paydi. Shuningdek, 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgarish kiritildi. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilandi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyaning yangi tahrirda qabul qilinishi xalq farovonligini yanada yuksaltirish uchun mustahkam zamin yaratishi shubhasiz.

Erkinjon MAHMUDOV,

Qo‘qon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori