Joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz birdamlik va jipslikda yangi tahrirdagi Konstitutsiyani bir ovozdan ma’qulladi. Shundan so‘ng yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilindi.

Xo‘sh, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada qaysi yo‘nalishlarga ko‘proq e’tibor qaratilib, yangi normalar belgilandi? 

Suhbatdoshimiz O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Akbarshoh Teshaboyev ana shular haqida gapirib berdi: 

– Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tom ma’noda xalqchil hisoblanadi. Konstitutsiyaning xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi ekanini biz Konstitutsion islohotlar jarayonida ko‘rdik. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya matni xalqimiz tomonidan berilgan takliflar asosida boyitildi. Ikki marotaba xalqning muhokamasiga taqdim etildi. Birinchi bosqichning o‘zida 62 mingdan, keyingi bosqichda 150 mingdan, jami 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgani ham ushbu Konstitutsiyaning xalqchil ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. 

– Konstitutsiyada qanday yangi normalar belgilandi? 

– Konstitutsiyaga xalqimizning xohish-istaklari inobatga olingan xolda juda katta o‘zgarishlar kiritildi. Avvalambor, insonning sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida belgilandi. 

Xalqaro huquqiy normalarning Konstitutsiyamizga kiritilishi ham o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi. Misol uchun, birinchi moddaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda O‘zbekiston ijtimoiy, huquqiy va dunyoviy davlat sifatida e’tirof etilayotgani juda katta ahamiyatga ega. 

Bolalar huquqlari bilan bog‘liq masalalar: onalik, onalik-bolalik va shu bilan birgalikda otalikning ham davlat tomonidan muhofaza qilinishi alohida belgilab qo‘yilgani ahamiyatlidir. O‘qituvchi maqomining Konstitutsiyada oliy darajada belgilab qo‘yilganini esa alohida ta’kidlab o‘tishni istardim. 

Yangilangan Konstitutsiyamizdagi fuqarolarni uy-joy, bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish masalasi, pensiya, ish haqi, nafaqalarning miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan holatda belgilanishiga doir normaning o‘zini ham mamlakatimiz fuqarolarining farovonligini ta’minlash, barqaror taraqqiyotni kafolatlash borasidagi muhim normalar sifatida e’tirof etishimiz mumkin.

– Aholining ehtiyojmand qatlamini uy-joy bilan ta’minlashga doir huquqiy normalar kiritildi. Shu haqda ham mulohazalaringizni bildirib o‘tsangiz.

– Xalqimiz tomonidan eng ko‘p kelib tushgan takliflardan biri yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 47-moddasi ya’ni har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga egaligi aks etgan normadir. Mazkur norma ko‘plab yurtdoshlarimizning yuragidagi orzu edi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Har kimning uy-joyli bo‘lishga haqli ekanligiga doir normaning Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi ham huquqiy, siyosiy ham ramziy ahamiyatga ega. Chunki “snos” muammosi ko‘pchilikni qiynab kelayotgan edi. 

Ilgari odamlarning uy-joyga doir bo‘lgan huquqlari to‘la kafolatlanishiga ishonchi kam edi. Yangilangan tahrirdagi Konstitutsiyamizga o‘ta zarur normalarning kiritilishi natijasida, endilikda kimningdir uyi agar davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olinadigan bo‘lsa, amaldagi bozor qiymati asosida hisoblab chiqilib, oldindan kompensatsiya to‘lanadi.    

– Yangilangan Konstitutsiyada O‘zbekiston dunyoviy davlat deb belgilandi. Buning ahamiyati nimada?    

– O‘zbekistonning dunyoviy davlat deb e’tirof etilishi o‘ziga xos ramziy ma’noni anglatadi. Avvalo, dunyoviy davlat qanday davlat, degan savolga javob berib o‘tsak. Dunyoviy davlat bu – din hamda davlat bir-biridan ajratilgan degani. Biroq diniy tashkilotlar, diniy muassasalarning faoliyati davlat tomonidan rag‘batlantiriladigan davlatga nisbatan dunyoviy davlat iborasi ishlatiladi.    

O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat vakillari bir bayroq ostida, yagona maqsad atrofida jipslashib yashamoqda. Mana shuncha millat vakillari turli dinlarga e’tiqod qiladi. Ularning huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishi dunyoviy davlatda belgilangan eng muhim mezonlardan biri hisoblanadi.    

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oLnrUQ2QEjI" title="Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: Oʻzbekiston – dunyoviy davlat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, A.Sodiqov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: O‘zbekiston – dunyoviy davlat (+video)