Yangi sport majmuasi ochildi
Boyovut tumanining “Markaz” mahallasida zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Endilikda ushbu inshootda 120 nafardan ortiq yoshlar basketbol, stritbol, boks va kurash kabi sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur majmua bir necha yil davomida foydalanilmay, ta’mirtalab holga kelib qolgan eski sport zali o‘rnida barpo etildi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatdan so‘ng tegishli qaror asosida zarur mablag‘lar ajratilib, bino to‘liq rekonstruksiya qilindi. Inshootda asosiy sport zali bilan bir qatorda yuvinish-kiyinish xonalari va murabbiylar uchun alohida xonalar ham tashkil etildi.

Tashabbus Erkinjon Turdimovning aholi bilan o‘tkazgan sayyor qabuli davomida ko‘tarilgan masala asosida amalga oshirildi. Sportga qiziquvchi yoshlar soni ortib borayotgani, mavjud sharoit esa talabga javob bermayotgani ta’kidlangan edi.

Ochilish marosimida tuman hokimligi va viloyat sport boshqarmasi vakillari, faxriylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yoshlarga sport jihozlari va sport formalari topshirildi.
G‘ulom Primov, Anvar To‘ychiyev (curat) O‘zA