Yangi shifo maskani ish boshladi
Sirdaryo tumanining Yangiobod mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti ta’mirtalab holda edi. Hududda istiqomat qilayotgan ikki mingga yaqin aholi vakillari noqulayliklardan aziyat chekardi. Hudud aholisi “Tashabbusli byudjet”dan 150 million so‘m pul mablag‘i yutib olish evaziga bino ta’mirlanib, qayta foydalanishga topshirildi.
– Bino ta’mirlangach, xona jihozlari yangilandi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun esa barcha sharoit yaratildi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sanat Qodirov. – Bundan muassasada faoliyat olib borayotgan shifokorlar va aholi vakillari mamnun bo‘ldi.
Shu kunning o‘zida, yurtimizda keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Keksalar salomatligi oyligi” aksiyasi doirasida 55 yoshdan yuqori, nafaqa yoshidagi nuroniylar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilib, hududdagi nuroniylar viloyat va tumandan tashrif buyurgan tor doira mutaxassislar ko‘rigidan o‘tdi.




Sh.Suyarov, O‘zA.