Yangi riyeltorlik tizimi: uy bozori xavfsizroq bo‘ladimi? (+video)
Ko‘chmas mulk bozorida yangi qoidalar joriy etilmoqda: riyeltorlarga nisbatan talablar kuchayib, yagona tizim joriy etiladi. Bu o‘zgarishlar uy sotib olish xavfsizligi va narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Endilikda riyeltorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka oshirish, imtihondan o‘tish va maxsus sertifikatga ega bo‘lish majburiy talabga aylanadi. Shuningdek, barcha riyeltorlik tashkilotlari Yagona davlat reyestriga kiritiladi. Xaridor va sotuvchilar uchun esa yana bir muhim yangilik – ko‘chmas mulk bozorida yagona multilisting tizimi ishga tushiriladi.
Ushbu islohotlar ko‘chmas mulk oldi-sotdisini qanchalik xavfsiz qiladi?
Riyeltorlar faoliyatiga ta’siri qanday bo‘ladi?
Uy-joy narxlari o‘zgaradimi?
Eng muhimi, soxta riyeltorlar va yolg‘on e’lonlardan himoyalanish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Ushbu savollarga Davlat aktivlari agentligining baholash va riyeltorlik faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Mirjamol Mirkamolov video davomida javob beradi.
Mohichehra Eshmirzayeva, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA