“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyati 1956 yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda.

Korxonaning elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 305 MVt, issiqlik quvvati 1421 Gkal/soatni tashkil etadi.  

Mamlakatimiz energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida mazkur korxonada ham qator ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, elektr energiyasi ishlab chiqarishning zamonaviy va samarador texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish, yoqilg‘i-energetika resurslarini ratsional ishlatish hamda samaradorligini oshirish, hududning sanoat salohiyatini rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish jamiyatning asosiy maqsadiga aylangan.

Prezidentimizning 2017 yil 21 fevraldagi “Farg‘ona IEM hududida va Farg‘ona shahar qozonxonasi RK-3 da yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina qurilmalari texnologiyasini tatbiq etish choralari to‘g‘risida”gi qarori ijrosida 17 MVt quvvatli yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina texnologiyalarini joriy etish investitsion loyihasi amaliyotga tatbiq etilayotgani bunga yaqqol misoldir.

“Farg‘ona IEM” AJning texnik direktori Bahodir Nuriddinovning ma’lum qilishicha, loyihaning umumiy qiymati 83,6 million dollar bo‘lib, shundan 49,5 million dollari Yaponiya davlatining grant mablag‘lari, qolgan 34,1 million dollar korxona mablag‘i hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ahamiyatlisi, loyiha ko‘magida Farg‘ona shahridagi Qirguli hamda A.Qodiriy mavzelarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash barqarorlashib, shaharda elektr energiyasiga bo‘lgan tanqislik darajasi pasayadi. Shuning barobarida yoqilg‘i energetika resurslarini tejash imkoniyati yanada kengayadi.  

– Asosiy qurilmalar Yaponiya granti asosida yetkazib berilmoqda. Boshqa butlovchi materiallar, qo‘shimcha agregat va qurilmalar mahalliylashtirish dasturi asosidagi milliy ishlab chiqaruvchilarimizning mahsuloti hisoblanib, ushbu yo‘nalishda yirik miqdordagi valyuta tejamkorligiga erishilyapti. Bunyod etilayotgan yangi qurilma o‘ta tejamkor texnologiya bo‘lib, yuqori samarali gaz-bug‘ turbinasi hisoblanadi. Har bir MVt elektr va issiqlik ishlab chiqarishda 50 foiz tabiiy gaz sarfi iqtisod qilinadi. Ushbu loyihani amalga oshirish Farg‘ona vodiysi hududida ishlab chiqarish quvvatlarining oshishiga olib keladi va korxonaga har yili qo‘shimcha 197,04 million kilovatt soat elektr energiyasi hamda 214,08 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Hozir ishlar qizg‘in. Asosiy maqsadimiz mazkur qurilmani imkon qadar tez, ya’ni yil yakuniga qadar qurib, foydalanishga topshirish va korxona oldiga qo‘yilgan rejani o‘z vaqtida bajarishdan iborat, – dedi “Farg‘ona IEM” AJ texnik direktori Bahodir Nuriddinov.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YANGI QURILMA: Elektr va issiqlik ishlab chiqarishda 50 foiz tabiiy gaz tejaladi