Senatning uchinchi yalpi majlisida “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun ma’qullandi.

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Qobil Tursunov qonun haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:     

– Prezidentimiz rahbarligida so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida energiya samaradorlikni oshirish, energetika tizimi barqarorligini ta’minlash hamda to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.   

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2030 yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming megavattga yetkazish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami iste’moldagi ulushini 40 foizga yetkazish, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini esa 120 milliard kVtga yetkazish maqsad qilingan.   

2024 yil davomida 91,1 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkazib berildi. 2025 yilning 1 yanvar holatida iste’mol qilingan elektr energiyasidan hosil bo‘lgan debitor qarzdorlik 2 trillion 782 milliard so‘mni tashkil etadi.   

Qayd etish lozimki, amaldagi qonunchilikda issiqlik va elektr energiyasi ta’minoti korxonalarining sudlarga kiritadigan arizalari davlat bojidan ozod qilinmagani mazkur korxonalarning yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarini tezkorlik bilan bartaraf etish imkonini cheklamoqda.   

Mazkur qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritilmoqda. Xususan, issiqlik va elektr energiyasi ta’minoti korxonalarining sudlarga kiritadigan da’vo arizalarini davlat bojidan ozod etish hamda ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda davlat boji undirish  belgilanmoqda.  

Shunga ko‘ra, energetika sohasida to‘lov intizomini mustahkamlash, shuningdek, issiqlik va elektr energiyasi ta’minoti korxonalarining debitor  qarzdorliklarini qisqartirish va moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ularning Fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda Iqtisodiy sudlarga kiritadigan arizalari davlat bojidan ozod etilmoqda.   

Nazarda tutilayotgan normalar orqali issiqlik va elektr energiyasi ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatiladigan  xizmatlar uchun energiya resurslari iste’molchilarining to‘lov intizomi darajasi yaxshilanishi hamda energiya ta’minoti korxonalarining debitor qarzdorliklari qisqarishiga erishiladi.   

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji undirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida taklif kiritish vazifasi belgilangan.   

Mazkur qarorga muvofiq, xorijiy tijorat tashkilotining vakolatxonasi xorijiy tijorat tashkilotining xohishiga ko‘ra bir yildan uch yilgacha muddatga akkreditatsiya qilinadi (akkreditatsiya muddati uzaytiriladi).   

Biroq, ushbu nizomda akkreditatsiya qilish (akkreditatsiya muddati uzaytirish) uchun davlat boji har bir yil uchun to‘lanishi nazarda tutilmagan. Bu esa amaldagi normani turlicha qo‘llashga olib keladi va sohada yagona huquqni qo‘llash amaliyotini joriy etishga to‘sqinlik qiladi.   

Shu bois, «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilishda davlat boji har bir yil uchun to‘lanishi belgilanmoqda.   

Senatda ma’qullangan mazkur qonun davlatimiz rahbari tomonidan imzolanib, kuchga kirganidan keyin iste’molchilar tomonidan qarzlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga, aholining sifatli issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga, to‘lov intizomiga rioya etilishiga, energiya resurslari barqaror yetkazib berilishiga hamda energiya ta’minoti korxonalarining debitor qarzdorliklari bartaraf etilishiga ijobiy ta’sir etadi.   

Shuningdek, chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji to‘lash tartibini aniqlashtirish mamlakat investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sifatli investitsiya jarayonini tashkil etishga xizmat qiladi.         

O‘zA muxbiri Norgul Abduraimova yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi qonun energiya resurslari barqaror yetkazib berilishiga yo‘l ochadi