Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangragan so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari bitiruvchi yoshlarni o‘zgacha hayajon hissi bilan hayotdagi ulkan maqsadlar sari yetaklagani shubhasiz.

Namangan shahridagi 6-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida mahalliy hokimliklar, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, deputatlar, mehnat faxriylari, o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigi katta mamnuniyat bilan tinglandi.

Bilimgoh direktori, Xalq ta’limi a’lochisi Nigora Ahmedovaning ta’kidlashicha, 6-maktabni joriy o‘quv yilida 11-sinfni 81 o‘quvchi tamomladi. Ularning 18 nafari AQSH, Turkiya, Singapur, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi kabi xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish huquqini beruvchi ta’lim grantlarini qo‘lga kiritdi. Ikki nafar iqtidorli qiz maktabni imtiyozli yakunladi.

Quvonarlisi shundaki, bilim maskanida saboq olayotgan 41 nafar o‘quvchi yuqori baholarga erishgan holda, ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi milliy va “IELTS” sertifikatlariga sazovor bo‘ldi. Maktab pedagoglari o‘tgan o‘quv yilida oliygohga yuz foizlik qamrov natijasini joriy yilda ham davom ettirishni ahd qilishgan.

Tantanali tadbirda faol, zukko o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamda tajribali ustoz muallimlarga minnatdorlik bildirilib, ular munosib ravishda taqdirlandi.

– Bugun hayotimdagi unutilmas kunlardan biri. Boisi, qizim Muattar Narzullayeva maktabni imtiyozli ravishda tamomlab, yuzimizni yorug‘ qildi, – deydi Norin tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Murodulla Yunusov. – Bu yutuq, avvalo, ta’lim bergan o‘qituvchilar, qolaversa boshlang‘ich sinf pedagogi sanalgan ayolim bilan farzandlarimizni to‘g‘ri tarbiyaga yo‘naltirganimiz samarasi, deb bilaman. Katta qizim Namangan davlat universiteti ingliz tili yo‘nalishida, kenja o‘g‘lim Prezident maktabida o‘qiydi. Qaysiki oilada ta’lim-tarbiya jarayoni maktab bilan birgalikda uyg‘un olib borilsa, biz orzu qilgan Uchinchi Renessansga poydevor qo‘yilishi shubhasiz.

Ma’lumot o‘rnida, 2024-2025 o‘quv yilida Namangan viloyatidagi 716 ta maktabni 35 ming 951 nafar o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ydi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonning zukko farzandlari