Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonning 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu loyiha bilan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya tarkibi hamda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.

Farmon loyihasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi tadbirlarni kelgusi yillarda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.  

Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorini o‘n barobardan o‘n ikki barobarigacha oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibini joriy etish, pensiya hisoblashda bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtini ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish, nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash nazarda tutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalarni tugatish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini daromad solig‘idan ozod etish va boshqalar rejalashtirilgan.

Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yo‘nalishlar ilgari surilmoqda:  

– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish,  

– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish,  

– milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash,  

– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish,  

– ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish,  

– umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish,  

– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.

Farmonning qabul qilinishi natijasida kelgusi yillarda yettita ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olinadi va xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshiriladigan islohotlar keng ko‘lamda davom ettiriladi.

Farmon loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi  portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirildi. Ushbu loyiha yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirishingiz mumkin.  

N.Abduraimova,  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi