Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi yurtimizda har qachongidanda yuqori saviyada nishonlanmoqda. Ushbu ulug‘ bayramni Vatanimizdan olislarda ham hamyurtlarimiz intiqlik bilan kutishadi. Shu munosabat bilan Germaniyada mehnat faoliyatini olib borayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan samimiy tabriklarini e’tiboringizga havola etishni afzal ko‘rdik.

Germaniya yer va suv tadqiqotlari markazi Markaziy Osiyo guruhi rahbari Abror G‘ofurov:

 – Butun O‘zbekiston xalqini mustaqilligimizning 33 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman. Шонли sana chinakam umumxalq bayrami sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinmoqda. Yurtimizdagi ijobiy o‘zgarishlarni Germaniyadagi vatandoshlar katta quvonch bilan kuzatib boryapmiz.

Yangi O‘zbekistonimizда amalga oshirilayotgan tub o‘zgarish va islohotlar, davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari xorijliklar oldida bizga faxr tuyg‘usini hadya etadi. 

Ulug‘ bayramimiz "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida o‘tayotgani bag‘rikeng xalqimiz uchun turli tadbirlarning tashkil etilayotgani bilan ahamiyatlidirMamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik, har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yirik bunyodkorlik ishlari, shahar va qishloqlarimizning yangi qiyofasi, qo‘yingki, odamlarimizning baxtli va farovon hayotini ko‘rib quvonasan kishi. 

Yangi O‘zbekistonimizning kelajagi buyuk bo‘lishiga ishonamiz. Mustaqillik bayrami bilan O‘zbekiston xalqini butun Germaniyadagi vatandoshlar nomidan tabriklayman!

Germaniyaning Myunxen shahridagi bolalar va o‘smirlar uchun ixtisoslashgan «Lillitsan» xususiy klinikasi shifokori, «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni sohibasi Nigora Oxunova: 

– Ona Vatanimizda yana go‘zal tantana, O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yilligi shodiyonasi nishonlanmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosati davlat darajasidagi yo‘nalishlardan biriga aylangan.

Biz yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, kasb-hunarga o‘qitib, bandligini ta’minlab, umuman olganda, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimizda munosib shart-sharoitlar yaratilayotgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz. 

Ushbu bayram munosabati bilan barcha yurtdoshlarimni chin qalbdan muborakbod etaman.  Mustaqil O‘zbekistonimiz bayrog‘i hamisha ko‘klarda hilpirab turaversin, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hannover stomotologlar tayyorlash professional akademiyasi talabasi Mardona Zuhriddinova:

–  Aziz vatandoshlar sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi bilan Germaniyadagi barcha yoshlar nomidan samimiy muborakbod etaman. Ushbu  qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga farovonlik tilayman.

Biz O‘zbekiston farzandlari shunday baxtli insonlarmizki, mana 33 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Hukumatimiz tomonidan biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorligimizni bildiramiz!

Har birimiz uchun kuch-qudrat manbai, saodat maskani bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonimizning kelajagi buyuk bo‘lishiga ishonamiz