Ijtimoiy xizmat

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati, Sho‘rchi tumanida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida kattalar uchun yangi, zamonaviy yondashuv asosidagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimizning 2025 yil 3 fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi markaz uch yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatadi.  

Nogironligi bo‘lgan bolalarga yangi xizmatni tashkil etish uchun  Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va tadbirkor o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolanib, Jarqo‘rg‘on tumanining Qorayantoq mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida zamonaviy va qulay shart-sharoitga ega kunduzgi parvarish markazi tashkil etildi.

–Yangi maskanda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy, reabilitatsion, pedagogik va boshqa zarur xizmatlar ko‘rsatilmoqda, –deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Aziz Mashrapov. –Bu orqali nafaqat, bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi ta’minlanmoqda balki doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan ota-onalar uchun ham bandlik imkoniyati yaratilmoqda. Ko‘plab onalar va otalar farzandlariga munosib sharoitda parvarish ko‘rsatilayotganidan ko‘ngli to‘q holda o‘z kasbiga qaytmoqda, ishini tiklamoqda. Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi bunday samarali sheriklik, ayniqsa, mamlakatimiz ijtimoiy himoya tizimi yangi yondashuvlar sari dadil qadam tashlayotgani va jamiyatda mehr-oqibat, birdamlik tamoyillari mustahkamlanayotganini keng namoyon etmoqda.

Ayni paytda markazda o‘ndan ortiq nogironligi bo‘lgan bolaga xizmat ko‘rsatilmoqda.  

Sho‘rchi tumanida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy xizmatlardan 18 yoshdan katta bo‘lgan, mustaqil hayot kechirish imkoniyati cheklangan insonlar foydalanmoqda.  

[gallery-24043]

Davlatimiz rahbarining shu yil 8 maydagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumanning Bobotog‘ mahallasida ish boshlagan ijtimoiy xizmatlar markazi 20 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozir o‘n nafar parvarishga muhtoj keksaga xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi dastur aholining ijtimoiy zaif qatlamiga amaliy yordam ko‘rsatishga, ularning hayot sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.  

Nogironligi bo‘lgan bolalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj insonlar uchun xizmat ko‘rsatadigan yangi markazlar viloyatning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonda yoshu keksa mehr va e’tibordan chetda qolmaydi