Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishini poytaxtimiz Toshkentda o‘tkazilishi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega.

Bu davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, O‘zbekistonning islom dunyosi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, mamlakatda so‘nggi besh yil davomida olib borilayotgan izchil islohotlarning e’tirofidir.

Mamlakatimiz 1973 yilda tashkil topgan Islom taraqqiyot bankiga 2003 yilda a’zo bo‘lgan. bugungi kunga qadar jami 2,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 30 ta yirik investitsiya loyihasi ma’qullangan. Ular doirasida maktablar, arzon uy-joylar, avtomobil yo‘llari, elektr va ichimlik suvi tarmoqlari qurilib, sog‘liqni saqlash muassasalari zamonaviy jihozlangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston zamini asrlar davomida islom olamining buyuk va noyob madaniyati, ilm-fani va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti markazlaridan biri bo‘lganini ta’kidladi. Bu an’analarni davom ettirgan holda, yurtimizda islom qadriyatlarini asrab-avaylash va yanada rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro hadisshunoslik markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Xalqaro islom akademiyasi tashkil qilindi. Yangi maktablar, ilm-fan maskanlari barpo etildi. So‘nggi besh yilda 64 ta yangi oliy ta’lim dargohi ochilib, ularning soni 141 taga yetkazildi. Ayniqsa, yangi turdagi ta’lim maskanlari, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Birgina 2020 yilda yurtimizda matematika fani bo‘yicha 56 ta, kimyo-biologiya fani bo‘yicha 28 ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 14 ta ana shunday maktablar tashkil etildi. Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarga axborot texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilim berilmoqda.

Bugun dunyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishi, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy resurslar va oziq-ovqat yetishmovchiligi kabi sinovlarga duch kelmoqda. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari bank faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi. “G‘arbiy Afrikadan Sharqiy Osiyogacha yashil yo‘lak” nomli savdo-iqtisodiy makonni shakllantirish tashabbusi ilgari surildi. Uning amalga oshirilishi o‘zaro savdo va sarmoyaviy aloqalar kengayishga, mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashishi va barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.

Islom taraqqiyot banki mamlakatimizda tibbiy asbob-uskunalar sotib olish, katta, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish uchun 141 million AQSH dollari ajratdi. Bu kabi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va ITB hamkorligida tashkil etilayotgan Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasi muhim o‘rin tutadi. 34 ming kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilayotgan ushbu jamg‘arma 100 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Jahon hamjamiyatida o‘ziga xos o‘rin va mavqega ega bo‘lgan Islom taraqqiyot bankining Toshkentdagi yillik anjumani pandemiya boshlanganidan buyon xalqaro miqyosdagi birinchi yirik oflayn tadbir hisoblanib, a’zo mamlakatlarning murakkab muammolarini hal kilish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Zero, shu kunga qadar mazkur nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilot yurtimizda turli soha va tarmoqlarda 100 dan ortiq loyihalarni qo‘llab quvvatladi.

Sharibboy Ergashev,

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori.

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonda – Islom sivilizatsiyasi yuqori bosqichga ko‘tarilmokda