Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’lim sohasida boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal etishimiz kerakligi alohida ta’kidlandi.

Ta’lim sifatini oshirish, xorijiy tillarni o‘qitishni rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirish davlat siyosatining ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarur.

Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining zimmasiga – xorijiy til o‘qituvchilari chet tillarni chuqur o‘rganish va o‘rgatish vazifalarini, xorijdagi rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or innovatsion pedagogik tajribalaridan foydalanish va shu asosida xorijiy tilni o‘qitishning zamonaviy samarali metodikasini yaratish vazifasi qo‘yildi. Xorijiy tillarni o‘qitish va o‘quvchi yoshlar bilimini baholash borasida zamonaviy kommunikativ kompetensiyaviy metodikalarga asoslangan innovatsion ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ta’lim tizimining barcha bosqichlariga joriy etish vazifasi ham kun tartibidagi muhim vazifalarga aylanmoqda.

Xorijiy tillarni o‘qitish borasida yangicha yondashuvlarga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatni ko‘proq rag‘batlantirish, bunda asosiy e’tiborni ilmiy ishning amaliy samaradorligiga qaratish muhim ahamiyatga ega. Ilmiy izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan metodlarni bevosita ta’lim muassasalarida amaliy sinovdan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va joriy etish samarali natijalarga olib kelishi shubhasiz.

Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining nofilologik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida xorijiy tillarni sohalarga moslashtirgan holda o‘qitish, xorijiy tillarini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik hamda bilimni baholashga oid materiallarni o‘z ichiga olgan yagona ta’minotni amalga oshiruvchi elektron dasturiy platformani yaratish zarurligini taqoza etmoqda. Shu kabi qator masalalarning barchasidan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik texnologiyalarini, o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratishdan iboratdir.  

Xorijiy til o‘quvchilarning erkin va kreativ fikrlashiga qaratilgan bo‘lishi, har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab, aniq yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur o‘qitilishi yaxshi samara beradi. Shu maqsadda yangi darsliklarni yaratish, ilg‘or ta’lim standartlari va metodikalarini o‘quv tizimiga joriy etish talab etiladi.  

Ushbu jarayonlarda o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilar, ta’limga daxldor barcha insonlar faol bo‘lishlari, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak.

Jizzax viloyatidagi 555 ta umumta’lim maktablarida 1 ming 744 nafar ingliz tili o‘qituvchilari, 23 nafar nemis tili va 21 nafar fransuz tili o‘qituvchilari jami 1 ming 788 nafar xorijiy tillar o‘qituvchilari faoliyat yuritadi. Ingliz tili o‘qituvchilarining 200 nafari oliy toifali bo‘lsa, 650 nafari V2 va S1 darajadagi xalqaro va milliy tilni bilish sertifikatiga ega. Bitiruvchi o‘quvchilarning 300 nafari imtiyozli chet el sertifikatini egallagan. Xorijiy tillarni o‘qitishning sifatini oshirish maqsadida 13 ta xorijiy tillar o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.

Boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi belgilanganini  va bu borada Prezident maktablarida “A-level” ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yishi nazarda tutilganligini alohida ta’kidlash joiz. Bu ta’lim dasturini barcha maktablarda yo‘lga qo‘yilishi yaxshi samara berishi shubhasiz.

Ammo Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ta’lim va tarbiya sifati, o‘qituvchilarning bilimi va mahoratini talab darajasida, deb bo‘lmaydi. Xabaringiz bor, 2011 yilda birinchi sinfdan boshlab chet tilini o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan edi. Oliy ta’lim muassalarida PRESIT dasturi asosida o‘qitish va til ko‘nikmalarini rivojlantirish amalga oshirish boshlangan edi. Bugun o‘sha birinchi sinflarda o‘qigan farzandlarimiz umumta’lim maktablarini tamomladilar. Ayrimlari  oliy o‘quv yurtlariga kirdi. Bugun ularning chet tili bo‘yicha o‘zlashtirish darajalari talabga javob beradimi? Bu metodik yondashuvning samarasi qanday bo‘ldi? Kutilgan natijani berdimi?  

Bu borada yutuqlarga erishilgani shubhasiz, albatta. Avvalombor xorijiy tilni o‘rganishning shaxs faoliyatidagi ahamiyati hamda jamiyat oldidagi ahamiyati yoshlar ongiga singdirildi. Yoshlarimiz til bilishi natijasida rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyati yaratildi. Til o‘rganishga qiziqish shakllandi. Ammo bugungi hisob-kitoblarga ko‘ra, bir qadar yutuqlar bo‘lganligini e’tirof etsak-da, barchamizni tashvishga soladigan jihatlar ham anchagina ekanligi ayon bo‘ladi.  

Jumladan, Jizzax viloyatida 16 mingga yaqin o‘quvchi-bitiruvchilarning 300 nafari imtiyozli chet tili sertifikatini egallashini ham yaxshi ko‘rsatkich, deb bo‘lmaydi. Bu imtiyozli sertifikat olganlar asosan ingliz tilini chuqur o‘rganuvchilar ekanligi, ammo fizika, ximiya, biologiya  va boshqa fanlarni tanlagan o‘quvchilarchi?  Xullas, til o‘rganish ommalashmay qoldi desak xato bo‘lmaydi.

Muhtaram Prezidentimiz, bolalarimiz maktabdan chet tillarni, kasb-hunar va kompyuter savodxonligini puxta o‘rganib chiqsa, jamiyatda ijobiy  o‘zgarishlar, yuksak taraqqiyot bo‘lishini, bugungi bolalarimiz kamida ikkita xorijiy tilni bilishlari lozimligini uqtirmoqda. Ta’kidlash lozimki, bir vaqtlar mamlakatimizda ingliz tili barobarida fransuz, nemis, ispan tillari o‘rganilar edi. Afsuski, keyingi yillarda ingliz tilidan boshqa tillarni o‘rganish rag‘batlantirilmadi. Oldin yo‘l qo‘yilgan xatolar bu tillarni maktablarda deyarli o‘qitilmaslikka olib keldi.  

Ayni paytda, yuqorida qayd etilganidek, Jizzax viloyatida 17 ta fransuz, 23 ta nemis tillari o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda, xolos. Biron bir maktabda sharq tillarini jumladan, xitoy tili, koreys tili, yapon tilini o‘rganish yo‘lga qo‘yilmagan. Shu ma’noda o‘quvchining maktabda ikki xorijiy tilini o‘rganishi uchun ham tashkiliy ham amaliy imkoniyati shu kunlarda mavjud emas.  

Oliy ta’lim muassalarida, ayniqsa viloyatimiz oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilidan boshqa tillar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydi.  Fikri ojzimcha, oliy ta’lim muassasalarida boshqa tillarni o‘qitish va mutaxassislar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarur. Jumladan, fransuz, nemis, xitoy, yapon, koreys tillari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi bo‘limlarni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga bu tillarni ikkinchi til sifatida o‘qitishni kuchaytirish maqsadga muvofiq. Masalan, ingliz-fransuz, ingliz-nemis, ingliz-xitoy, ingliz-yapon, ingliz-koreys ixtisosligini berish amaliyotini joriy etish ham juda yaxshi samara bergan bo‘lardi.

Xorijiy tillarni samarali o‘qitishning kaliti – zamonaviy bilimni egallagan, saviyali xorijiy til ko‘nikmasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlash bilan bog‘liq jarayondadir. Men faoliyat yuritayotgan Jizzax davlat pedagogika universitetida bir yarim mingdan ortiq talaba xorijiy tillarni o‘rganmoqda. Xorijiy tillar fakultetida asosiy mutaxassislik fani sifatida ingliz tili chuqur o‘rgatilmoqda. Ikkinchi til sifatida esa nemis va fransuz tillari o‘qitiladi. Shu bilan birga nofilologik fakultetlarda ham chet tilini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Talabalar va professor o‘qituvchilarimiz xorijiy tillarini bilish darajasiga, ya’ni xalqaro va milliy kvalifikatsiya sertifikatlari, jumladan, IELTS, CEFR, APTIS, TKT, CELTA, TESOL kabi  sertifikatlarni olishga alohida e’tibor qaratishgan va ushbu sertifikatga ega professor-o‘qituvchilar, talabalar rag‘batlantirilmoqda.

Universitet va Britaniya Kengashi bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida IELTS imtihonlari o‘tkazilmoqda. Ushbu shartnomaga ko‘ra  jizzaxlik talaba yoshlar, abituriyentlar, professor-o‘qituvchilar Jizzax shahrining o‘zida ushbu xalqaro imtihonni topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu imkoniyatning yaratilishi professor-o‘qituvchilarimiz, talabalar uchun qarorda belgilangan vazfalar ijrosini amalga oshirishga qaratilgan yana bir vosita hisoblanadi.  

Fakultet professor-o‘qituvchilari oliy ta’lim tizimida xorijiy tillar o‘qitish uzviyligini ta’minlash, ta’limning barcha yo‘nalishlari uchun o‘quv adabiyot va darsliklarning yangi avlodini xorijiy hamkorlar ishtirokida yaratish borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarga ilmiy stajirovkalarga va malaka oshirish kurslariga yuborish ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, bu borada jahondagi nufuzli xalqaro universitetlar bilan ishlarimizni hamkorlikda amalga oshirmoqdamiz.    

bugungi kunda universitetimiz ko‘plab chet el mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Norvich universiteti, Postmud  universiteti, Fransiya va Turkiyaning bir necha universitetlari, Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat pedagogika universiteti, Tula davlat pedagogika universiteti, Qozog‘iston Respublikasining qator universitetlari va boshqa ko‘plab oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.  

Oliy o‘quv yurtlari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi aloqani keskin darajada kuchaytirish lozim. Bunda, Xalqaro dasturlar (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA) talablari to‘g‘risida hamda o‘quvchilarni mazkur tadqiqotlarda qatnashishga tayyorlash to‘g‘risida oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va umumta’lim maktablari o‘quvchilariga keng tushuntirish ishlarini olib borishlari talab etiladi. Bu borada seminarlar, seminar-treninglar, suhbatlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.  

Ilmiy-metodik ishlarga maktab o‘qituvchilarini jalb qilish, xalqaro baholash dasturlariga tayyorlovchi stesting.uz  platformasi orqali umumta’lim maktablarining o‘quvchilarini PISA, PIRLS, TIMSS onlayn tayyorgarlik sinovlarida ishtirok etishini ta’minlash lozim.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida Spelling Bee, Brilliant Minds fan olimpiadalarini o‘tkazish, maktabdan xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan o‘quvchilarni  saralab olib, xorijiy tilda Content and Language Integrated Learning (kontent va tilni integratsiyalashgan holda o‘rganish) CLIL texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, maktab o‘quvchilarida “Kritik (tanqidiy) fikrlash (Critical thinking); Kollaboratsiya (Team Work)  (jamoaviy ishlash); Kreativlik (Creativity – ijodkorlik); Kommunikatsiya (Communicative skills – muloqot ko‘nikmalari)”ni shakllantiruvchi metodlar yuzasidan bahs-munozara o‘tkazish, xorijiy tillarni o‘qitishda blended learning (aralashtirilgan o‘rganish), flipped learning (aylantirilgan o‘rganish) texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish kabi jarayonlarda oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari maktab o‘qituvchilari bilan yonma-yon faoliyat yuritishi yaxshi samara berishiga ishonchim komil.  

Xorijiy til asosiy mutaxassislik hisoblangan pedagogika OTM yo‘nalishlari uchun kirish imtihonlarida an’anaviy test o‘rniga “Chet tilini bilish darajasi milliy kvalifikatsiya” (Chet tilini bilish 4 ta ko‘nikmalari bo‘yicha) testi orqali talabalikka qabul qilish lozim. An’anaviy testga tayyorlanish orqali esa abituriyentlar faqat chet tili grammatikasini o‘rganishadi va natijada ularning kommunikativ kompetensiyasi ya’ni gapirish, tinglab tushunish, yozish, o‘qish ko‘nikmalari shakllanmaydi va CEFR talablariga javob bera olmaydi.

Xorijiy tillar ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarini ta’lim muassasalarida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi bo‘yicha ishlashiga sharoit yaratish ham samara beradi, deb o‘ylayman. Buning uchun bitiruvchi kurs talabalari o‘quv jarayonini tashkil qilishda dual ta’lim prinsiplarini joriy etish tavsiya etiladi, ya’ni tabiiy fanlar yoki aniq fanlar yo‘nalishini bitirayotgan talabaga xorijiy tillar qo‘shimcha kvalifikatsiya berilishi va natijada biologiya fanini ingliz tilida o‘qitadigan mutaxassis yetishib chiqishiga imkoniyat yaratiladi.

Har bir ta’limga daxldor inson Prezidentimizning ushbu  “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi” kabi fikrini hamma vaqt yodimizda tutishimiz ham qarz, ham farz demakdir.          

Abdug‘afur MAMATOV,  

Jizzax davlat pedagogika universiteti  

Xorijiy tillar fakulteti dekani,  

filologiya fanlari doktori, professor

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonda chet tilini o‘rganishning yangi imkoniyatlari