Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi
Navoiy şahrida “Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi!” şiori ostida ziyolilarning muloqoti bölib ötdi.
Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov sözga çiqib, mamlakat taraqqiyotida ziyolilarning örni va masʼuliyati, yoş avlodni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ilm-fan, taʼlim va madaniyatni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida töxtalib, jamiyatda maʼnaviy muhitni mustahkamlaş, milliy özlikni anglaş, maʼrifat va ilmga intilişni kuçaytirişda ziyolilarning faol iştiroki muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Tadbir doirasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotining turli yönalişlariga bağişlangan şöʼba yiğilişlari ham taşkil etildi. Ularda Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etayotgan masalalar, jamiyat hayotida yuz berayotgan özgarişlar hamda istiqboldagi vazifalar atrofliça muhokama qilindi. Xususan, “Öz” falsafasining zamonaviy talqini, Yangi Özbekistonning ustuvor qadriyatlari va “inson qadri” tamoyilining amaliy ahamiyati, jamiyatda vatanparvarlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, raqamli taraqqiyot va media makondagi özgarişlarga moslaşiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, milliy tarbiyani rivojlantiriş, yoşlar, oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, mahalla institutining jamiyat hayotidagi örni va taʼsirini yanada oşiriş, özbek tilining nufuzini yuksaltiriş, adabiyot, tarjima sanʼati va kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş kabi muhim yönalişlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Bundan taşqari, tarixiy xotira va milliy merosni asrab-avaylaş, huquqiy tafakkurni yuksaltiriş, madaniyat va sanʼat, teatr, kino hamda ijodiy iqtisodiyotni rivojlantiriş, zamonaviy ilm-fan, taʼlim, innovatsion tibbiyot, yaşil taraqqiyot va intellektual tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş masalalari ham muhokama qilindi.
[gallery-32534]
Şöʼba yiğilişlarida Navoiy viloyatining ulkan sanoat va iqtisodiy salohiyatidan kelib çiqqan holda sanoat va ilm-fan integratsiyasini kuçaytiriş, işlab çiqarişga innovatsiyalarni joriy etiş hamda malakali muhandis kadrlarni tayyorlaş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Muloqot doirasida bir guruh faol va taşabbuskor ziyolilar eʼtirof etilib, viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
A.Böriyev, S.Aslonov (surat), ÖzA muxbiri