Buxoroda 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam ekanligi haqida alohida so‘z yuritildi. Buxorolik yoshlar ham bu yuksak ishonch va imkoniyatlarga munosib bo‘lib, kelajakda xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari hamda uning baxt-saodati yo‘lida bor kuch-g‘ayratlari, bilim va salohiyatlarini safarbar etishga tilak bildirdi.

[gallery-23916]

Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan, har jabhada ilg‘or, o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.

Estrada yulduzlari, viloyatning taniqli san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!”