Yana sanoqli kunlardan so‘ng biz eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini ulkan shodiyona sifatida nishonlaymiz. Mustaqillik deb nomlanuvchi ulug‘ inshootimizga qarab ko‘zimiz quvnaydi, faxr tuyg‘usi jo‘sh uradi. Mamlakatimizning shu kungacha bosib o‘tgan yo‘lini ko‘rib fikr yuritasan, yutuqlarini xolisona tahlil qilging, iqtisodiy til bilan aytganda mamlakat yutuqlarini unga ta’sir etuvchi prediktorlari bilan korrelatisiyasini aniqlaging keladi kishi.

Shu o‘rinda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanidagi bir epigrafi yodga tushadi: «Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir». Shunga ko‘ra mavzuni moziydan, yaqin o‘tmishdan, so‘nggi 5 yil mobaynida qilingan mamlakatimizdagi o‘zgarishlar, sohalardagi islohotlar, xalqimiz hayoti va turmush tarzining qanchalar o‘zgarganini eslaymiz.

So‘nggi besh yilda mamlakatimizda qilingan ishlarni haqida so‘z borar ekan, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha, ya’ni Harakatlar strategiyasi asosida qilingan ishlarni eslaymiz.

Har bir sohada mazkur strategiyaga muvofiq, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish, o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi. Bu ishlarda shaxsan davlatimiz rahbari bosh-qosh bo‘ldilar.

«Olib borilgan demokratik o‘zgarishlar maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, balki xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o‘ylab, milliy manfaatlarimiz yo‘lida amalga oshirildi va oshirilmoqda», - deb aytadi davlatimiz rahbari. Bularga misol qilib: «inson huquq va erkinliklari», «qonun ustuvorligi», «ochiqlik va oshkoralik», «so‘z erkinligi», «din va e’tiqod erkinligi», «jamoatchilik nazorati», «gender tenglik», «xususiy mulk daxlsizligi», «iqtisodiy faoliyat erkinligi» singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko‘nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotganini olishimiz mumkin.

Barchamizga ma’lumki, har qaysi xalq hayotidagi ma’naviy uyg‘onish jarayonlari milliy o‘zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg‘onish, qayta tiklanish, yuksalish deb ataladi. Ma’lumki, bugungacha O‘zbekiston zamini ikki buyuk uyg‘onish davriga beshik bo‘ldi. Bu – jahon ilm-fanida o‘z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda.

Yangi O‘zbekiston iborasini eshitganda, eng avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash, yangicha iqtisodiy diplomatiya ko‘z oldimizda gavdalanadi. O‘tgan besh yilda bu borada qilingan ishlar ko‘p yillardan buyon odamlarni qiynab kelgan elektron pullarini naqd pulga konvertatsiyasi, milliy valyuta kursining «qora bozor»da va banklardagi keskin farqliligi, xorijiy valyutalarni sotib olish, investitsion muhitning yaxshi emasligi, fuqarolikka ega bo‘lish, O‘zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-mulk sotib olish hamda ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq qator muammolar endi tarixda qoldi.

O‘zbekistonga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 2018 yildagi qariyb 1,6 milliard dollardan 2019 yilda 4,2 milliard dollargacha o‘sdi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda kiritilgan kapital umumiy hajmi 21,5 milliard dollardan oshdi. Jahon bankining 2020 yilgi “Doing Business” hisobotidagi mamlakatimiz eng yaxshi 20 ta

“Global improvers” reytingiga kiritilgan va “The Economist” jurnali tomonidan O‘zbekiston 2019 yilning eng yaxshi mamlakati deb tan olindi.

Bundan tashqari beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.

Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarimizga aylandi. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi:

- inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

- mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

- milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

- adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

- ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

- milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;

- mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.

Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish uchun ishlab chiqilgan 100 maqsad 7 ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qilinayotgan va qilinajak ishlarning yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunga 2022 yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Ushbu strategiya o‘zida «Inson qadri uchun» g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lgan «Inson – jamiyat – davlat» degan yondashuvni hayotimiz mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirish zarurligini qayd etmoqda.

Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratildi. Misol uchun: «temir daftar», «ayollar daftari», «yoshlar daftari», «mahallabay» va «xonadonbay» ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda. Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ularga vaqtida va samarali yechimlar berilmoqda.

Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu an’analar bugungi kunda yangicha ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Besh muhim tashabbus», «Har bir oila – tadbirkor», «Yoshlar – kelajagimiz» kabi dasturlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.

Yangi O‘zbekistonda kichik va xususiy biznes sub’ektlari soni keyingi paytda ikki barobar ko‘paydi, ushbu tarmoqdagi 50%dan ziyod korxonalar faqat keyingi uch yilda tashkil etilgan. Bu esa mamlakatimizda muhim ijtimoiy qatlam – o‘rta qatlamning kuchayishi uchun puxta zamin bo‘lmoqda. Shuning uchun ham biznesni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik va xususiy mulkni himoya qilish barcha iqtisodiy islohotlarning bosh masalasi hisoblanadi. Tadbirkorlar ularni qo‘llab-quvvatlash haqidagi chiroyli so‘zlarni ko‘p eshitishgan, endi esa bu gaplarning amaliy ta’siri va natijasini o‘z kundalik faoliyatlarida his etishmoqda. 2021 yilning 20 avgusti kuni Prezidentimiz yurtimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi va tadbirkorlardan kelgan 15 mingdan ziyod savol, taklif va tashabbuslarni o‘rganib chiqildi, yechimlar, va imtiyozlar taqdim etildi. Bunday shakldagi uchrashuv ilk bora o‘tkazilgani va unda jami o‘n mingga yaqin tadbirkor ishtiroki va ularga so‘z berilishi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash – fuqarolar, xalqimiz farovonligini oshirishning eng samarali yo‘li, «Yangi O‘zbekiston»ni barpo etishning pirovard maqsadi ekanligining yaqqol namunasidir. Shu kuni Prezidentimiz bunday ochiq muloqotni har yili tashkil etishni, 20 avgustni mamlakatimizda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi. Bu taklif barcha tadbirkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Yangi O‘zbekistonni barpo etish – yaqin va olis tariximiz, betakror va noyob madaniy boyliklarimizni yanada chuqur o‘rganib, ularga tayanib, mustaqil milliy taraqqiyot yo‘limizni yangi bosqichda davom ettirish demakdir. Keyingi yillarda madaniy-gumanitar yo‘nalishda – kino, raqs, xalqaro maqom anjumani, baxshichilik va milliy hunarmandchilik festivallarini tashkil etilishi va yuksak saviyada o‘tkazilganligi Yangi O‘zbekistonni dunyoga keng targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bundan tashqari xalqimiz orasida kitobxonlikni targ‘ib qilayotgan «Yosh kitobxon» va «Yosh kitobxon oila» kabi amalga oshirilayotgan tanlovlar yoshlarimizni kitob o‘qishga, o‘z tarixini o‘rganishga va ertangi kunda yetuk kadr bo‘lishiga eng asosiy motivlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘ylaymanki, yoshlarimiz orasida hech biri yo‘qki, «Yosh kitobxon» tanlovi g‘oliblari Prezident sovg‘asi bo‘lgan «Spark» avtomobilini yutganda havas qilmagan. O‘ylaymanki, yoshlarimiz orasida hech biri yo‘qki, o‘z tengdoshi yutgan sovrinini ota-onasiga sovg‘a qilganida «Men ham kitob o‘qib, ota-onamga mashina sovg‘a qilaman!» demagan.

«Sharq donishmandlari aytganidek, «Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!» Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak», - deb ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari 2020 yildagi Oliy Majlisga murojaatnomasida. Aql-zakovat va ilm bevosita Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan birida aytib o‘tilgan inson kapitalini rivojlantirish tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liq. Bu borada ham yurtimizda o‘zgarishlar yetarlicha. Jahon banki ishchi guruhi tomonidan inson kapitali indeksi ko‘rsatkichlari 2018 yildan boshlab O‘zbekiston statistikalarini ham taqdim etib kelmoqda. Bu indeks uch yo‘nalish bo‘yicha baholanadi va natijalar o‘rtachasi 0 va 1 oralig‘ida baholanadi. Mazkur statistikada 2020 yil bo‘yicha O‘zbekiston 157 mamlakat orasida 57-o‘rinni 0.63 bilan band etmoqda.

Ushbu tarixiy farmonda barcha sohalar qatori mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan keng ko‘lamli maqsad va vazifalar aniq belgilandi. Xususan, mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli sub’ekt sifatidagi rolini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada hamkor mamlakatlar bilan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli, doimiy muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish, yirik tadbirlarda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasi hamda umumjahon miqyosidagi tashabbuslarini ilgari surish maqsadi qo‘yilmoqda.

Yana bir muhim vazifalardan biri Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqishdir. O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalaridagi integratsiya va hamkorlik jarayonlarini faollashtirishda ham tobora muhim rol o‘ynamoqda. Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu o‘rinda eslab o‘tish joizki, o‘tgan yili 15-16 iyul kunlari Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan yangi taklif va tashabbuslar nafaqat ushbu davlatlarida, balki jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi, dunyo nigohini O‘zbekistonga qaratdi. Xususan, Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan yangi transport yo‘llarini barpo etish masalalari ham muhokama qilindi. Konferensiya Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yana bir karra namoyon etdi. Shaxsan o‘zim shu konferensiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan tarjimon-volontyor sifatida qatnashib, menga ishonib topshirilgan Pokiston delegatsiyasi siyosiy eksperti Hamayoun Khan bilan ish olib bordim. Ushbu ekspert konferensiyadan so‘ng Pokistonning «Political economy» jurnalidagi maqolasida O‘zbekistonning siyosiy pozitsiyasiga yuqori baho berib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga o‘zining ijobiy munosabatini bildirdi.

Tashqi aloqalar haqida gap borar ekan, so‘nggi yillarda tilimizda tez-tez takrorlanayotgan «iqtisodiy diplomatiya» so‘ziga ahamiyat qaratsak. Taraqqiyot strategiyasi doirasidagi 100-maqsadning 95-maqsadida ayni shu yo‘nalishni kuchaytirish va kengaytirish ustuvor yo‘nalish etib belgilangan. Jumladan,

Yevropa mamlakatlari, Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mintaqasidagi hamkorlar bilan mavjud aloqalarni yanada kengaytirish;

Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi an’anaviy strategik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish va ularning bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini oshirish;

AQSH, Kanada va Amerika mamlakatlari bilan strategik va har tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda ishbilarmon doira vakillari bilan investitsion, eksport va ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish.

Xulosa o‘rnida aytganda, bugungi Yangi O‘zbekistonda olib borayotgan mamlakat va xalqaro miqyosdagi tashabbuslar va siyosiy takliflarni yangicha boshqaruv, yangi strategiyalar va yangi imkoniyatlarning amaldagi yorqin namunasidir. «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar bugunga kelib o‘z mevasini berishni boshladi. Bugun xalqimiz yurtimizda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarga ishonayabdi, inonayabdi, qo‘llab-quvvatlayapdi. Albatta, bu borada biz bugungi O‘zbekiston yoshlarining ham o‘z aytar so‘zimiz bor: «Kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallab, mana shu Ona xalqimizga, Vatanimizga va Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilish, mamlakatimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shish va Yangi O‘zbekistonning xalqaro ijobiy Yangi imijini shakllantirish bugungi biz yoshlarning eng oliy maqsadlarimizdan biridir. Yangi O‘zbekiston biz Sen bilan!»

Hasanboyev Muhammadislom Muhammadmuso o‘g‘li,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 4-bosqich talabasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston – Yangi o‘zgarishlar