O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, quyidagi asosiy maqsadlar belgilandi: 

a) eng iqtidorli yoshlar va yuqori salohiyatli professor - o‘qituvchilarning ilmiy maktablarini shakllantirish; 

b) ilmiy va innovatsion yondashuv asosida sanoatda eksport hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tannarxni pasaytirishga qaratilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

v) dunyo miqyosidagi ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish va zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash; 

g) xalqaro standartlar va ilg‘or tajriba asosida tibbiyot sohasida ta’lim, amaliyot hamda ilmiy tadqiqot faoliyati uyg‘unligini ta’minlash, soha uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash. 

Prezident qaroriga muvofiq, "Yangi O‘zbekiston" universitetining zamonaviy ilmiy laboratoriya bazasi shakllantiriladi, ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlanadi hamda muhandislik-texnik, sun’iy intellekt, nanotexnologiyalar, "yashil" iqtisodiyot va tibbiyot sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar kengaytiriladi va ularning transferi bo‘yicha samarali tizim shakllantiriladi. 

Rusurslarni birlashtirish orqali ilg‘or tajriba asosida Universitetda mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotidagi ustuvor sohalarda yuksak bilimga ega kadrlar tayyorlash va yuqori samaradorlikka asoslangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Aprobatsiya jarayonidan o‘tib, tatbiq etilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va oliy ta’lim tashkilotini boshqarish tizimlarini respublikaning boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Universitet huzurida yuridik shaxs hisoblangan ilg‘or bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi. 

Universitetga quyidagi huquqlar beriladi: 

ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish, ularning tarkibini tasdiqlash;  

tegishli ixtisosliklarda ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish, shuningdek, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash; 

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 iyundagi 300-son qarori bilan ta’limning bakalavriat bosqichiga joriy qilingan davlat grantini ajratish tartibi joriy etiladi;  

2027 yil 1dekabrga qadar Universitet uchun olib kelinadigan va muqobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi. 

Qarorga ko‘ra, chet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda Yevropa standartlari asosida Universitetda Germaniya Federativ Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tibbiyot fakulteti tashkil etiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi