Mamlakatimizda katta bayram sifatida nishonlanayotgan "Do‘stlik" festivali O‘zbekistonimizning millatlararo totuvlik, do‘stlik, tinchlikni asrab-avaylash borasidagi ilg‘or va namunali ish tajribasini jahonga namoyish etish imkonini bermoqda. Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan "Yangi O‘zbekiston – tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori" nomli kitob-albomning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Qahramon Sariyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Holiqnazarov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Qirg‘iz milliy madaniy markazi rahbari Rahmatilla Jabborov, "Vidergeburt" nemis milliy madaniy markazi raisi Yelena Mironova va boshqalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning odilona va shiddatli taraqqiyotni ko‘zlovchi, tinchliksevar siyosati nainki O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Taqdimot tadbirida ishtirok etganlar O‘zbekistonda diniy konfessiyalar o‘rtasidagi bag‘rikenglik muhitini mustahamlash masalasi doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi asosida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi rezolyutsiya jahonda global tahdidlarga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalasini ilgari surgani bilan ahamiyatli.

[gallery-24549]

"Yangi O‘zbekiston tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori" nomli kitob-albomda ham O‘zbekistonning bu boradagi aniq va ortga qaytmas pozitsiyasi, davlatimiz rahbarining millatlararo totuvlikni ta’minlash, tinchlikni asrab-avaylash masalasiga doir nutq va iqtiboslari, yurtimizda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga oid ezgu sa’y-harakatlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. Rang-barang suratlar esa yurtimizdagi bu boradagi amaliy ishlar, milliy madaniy markazlarning serqirra faoliyatini aks ettiradi.  

Tadbir doirasida shuningdek, bir guruh vatandoshlarimizga “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.  

- Men bunday ko‘krak nishonga munosib bo‘lganimdan juda baxtiyorman, - dedi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bo‘lim boshlig‘i Asya To‘ychiyeva. – Chindan ham yurtimizda barcha millat va elat vakillari uchun yaratilgan sharoitlarga dunyo xalqlari havas qilsa arziydi.  

-  O‘zim Tojikistonda tavallud topganman, – dedi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi Olga Morozova. – Lekin taqdirim O‘zbekiston bilan chambarchas bog‘liq. Bolalarga shu aziz va tabarruk diyorga bo‘lgan mehrni astoydil singdirishga harakat qilaman. Chunki bu yurt bizning borlig‘imiz, kelajagimizdir.  

Mamlakatimiz bo‘ylab “Do‘stlik” festivali tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

Nazokat Usmonova,

Alimurod Mamadaminov(surat)

O‘zA muxbirlari  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston – tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori