“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobini o‘qib
Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov va hokim maslahatchisi Dilnoza Kamolova 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, psixologlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Unda pedagoglarning ushbu kitob haqidagi fikr va mulohazalari o‘rganildi.
Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida kelgusi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli ishlar, islohotlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

– Mamlakatimizni kelajakda qanday o‘zgarishlar, yangilanishlar kutayotganligini bilish har birimiz, shu Vatan farzandi, fuqarosi sifatida burchimiz, – deydi Sarvar Sultonov. – Shu bois, siz, aziz ustozlar Taraqqiyot strategiyasini bilishingiz o‘ta muhim.

Zero, sizlar kelajak avlodni komillik yo‘liga boshlovchi hayot bog‘ining bog‘bonlarisiz. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” ni birinchi navbatda pedagoglarimiz to‘liq anglab yetishi lozim.
Shuhrat Suyarov, O‘zA