Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Yoshlik-1” majmuasi yaqin kelajakda dunyodagi eng yirik ochiq usulda qimmatbaho yer osti boyliklari qazib olinadigan konlardan biriga aylanadi.

O‘zbekistonning yeri, suvi, quyoshi, ayniqsa, xalqimiz mashaqqatli mehnati bilan yaratilayotgan noz-ne’matimiz bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Tanga rohat baxsh etuvchi oppoq, momiq paxtamiz, tolasi po‘latdan-da mustahkam ipak, qop-qora, qip-qizil, oltin rangda tovlanuvchi sap-sariq uzum, bolday xushta’m meva-chevamiz, til yorar qovun-tarvuzimiz yoki eng arzon nur manbai – uran, jonga oro kiradigan gaz kabi yer osti va yer usti boyliklarimiz mavjud-ki, qay birini sanaylik?! Quyida diyorimizda ulkan zaxirasi bor boylik — Yangi O‘zbekiston oltini haqida gap boradi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — OKMK tasarrufidagi “Yoshlik-1” majmuasi yaqin kelajakda dunyoning eng yirik oltin konlaridan biriga aylanishi kutilyapti.

  Jahon kon-metallurgiya sohasidagi ushbu ulkan loyiha davlatimiz rahbari 2017 yil imzolagan maxsus qarorga binoan amalga oshirilmoqda. 2020 yil majmuaga doir so‘nggi hujjatlar ham tayyor holga keltirib, tegishli mablag‘ ajratildi. 2028 yilga kelib, O‘zbekistondagi barcha tilla konlaridan qazib olinayotgan ma’danning yarmidan ko‘pi, ya’ni yiliga 50 tonna oltin, 270 tonna kumush, 400 ming tonna mis quymasi mazkur hududda ishlab chiqariladi. Tarkibida “Yoshlik-1”, “Qalmoq qir” kabi oltin, kumush, misga boy manzillar mavjud, “Oliy ziyo” nomi bilan yuritilayotgan majmua yaqin kelajakda ochiq holda qimmatbaho yer osti boyligi qazib olinadigan dunyodagi eng yirik konlardan biriga aylanadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bir yilda 160 million tonna rudani qayta ishlagan holda Chili, Peru, Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi yirik qazilma korxonalaridan ham katta zamonaviy tog‘-metallurgiya kombinatiga aylanadi. 

         O‘zbekiston hududidagi “Muruntov” bugungi kunda dunyodagi eng ko‘p oltin ishlab chiqarilayotgan konlardan biri hisoblanadi. 1970 yil kirib kelishi arafasida bir jurnalist Amerika Prezidenti Richard Niksonga yo‘llagan “Yakunlanayotgan yilning eng yirik kashfiyoti nima?” qabilidagi savoliga “O‘zbekistonda Muruntov oltin koni ochilishi”, deya javob olgan edi.

Hozir ushbu majmuadan yiliga 2 million unsiya oltin qazib olinmoqda. Ayni ko‘rsatkich bo‘yicha AQSHning Karlin (1.5 million), Indoneziyaning Grasberg (1.37 million), shuningdek, Dominikana Respublikasi, Kongo, Kanada va boshqa mamlakatlarga tegishli ko‘plab oltin konlari keyingi o‘rinlarda turadi.

         “Muruntov”ga tashrif buyurgan kishi o‘zini, go‘yo, boshqa sayyoraga tushib qolgandek his qiladi. Ochiq usulda oltin qazib olinayotgan ushbu konning uzunligi 3.3 kilometr, eni 2.5 kilometr, chuqurligi 600 metrni tashkil etadi. 180-200 tonna ruda tashiy oladigan, g‘ildiragi odam bo‘yidan baland bahaybat o‘zi to‘kar mashina (samosval) kabinasida kon yoqalab karer ostiga tushish uchun anchagina vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. “Muruntov” shu kunga qadar dunyodagi eng yirik oltin koni nomini oqlab kelmoqda.

Navoiy kon-metallurgiya комбинати (NKMK) ishlab chiqarish majmuasi tarkibida 5 korxona – Muruntov oltin koni, Navoiy, Zarafshon, Uchquduq va Zarmitandagi metallurgiya zavodlari hamda Marjonbuloqdagi rudadan oltin ajratib olish fabrikasi mavjud. bugungi kunda Respublika bo‘ylab qazib olinayotgan jami 90 tonna tilla xom ashyosining, qariyb, yarmini shu jamoa yetkazib bermoqda.

Qimmatbaho metall bilan shug‘ullanadigan Umumjahon kengashi tahliliga ko‘ra ko‘rsatkichi eng yuqori AQSHdagi Nevada oltin konida yiliga 115.8 tonna ruda qayta ishlab chiqariladi. Мuтахассисларнинг ishonchli xulosasiga asoslanadigan bo‘lsak, oltin qazib oluvchi konlar orasida birinchilik yana O‘zbekistonda saqlanib qolishi ta’kidlangani diqqatga sazovor. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Yoshlik-1” majmuasida hozir bunyodkorlik jadal sur’atda olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari 2021 yil 22 dekabrda kombinatda bo‘lib, Prezident tomonidan tasdiqlangan mega loyiha asosida qiymati 5.12 milliard dollarlik “Yoshlik-1” oltin konini o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘zbekistondagi oltin konlarini ta’riflash uchun ikki raqamni keltirish o‘rinli. Hisob-kitobga qaraganda, “Muruntov” zaxirasi 3 000 tonna, endi o‘zlashtirilishi boshlangan Olmaliq kon-metallurgiya kompleksi “Yoshlik-1” konida 5 000 tonnadan ziyod oltin mavjud.

 – Bizda bunday yer osti boyliklari borligidan bexabar edik. Sizlar qanday boyliklar ustida yashayotganliklaringizni, qanday boy-badavlat odamlar ekanligingizni o‘zlaringiz ham bilmasalaringiz kerak, – dedi Prezident.

“Yoshlik-1” koni 11 ming gektar maydonni egallagan. Bebaho bu joydagi, hali to‘la tahlil etilmagan tosh, qum, tuproq tarkibida oltin, kumush, mis, molibden, selen kabi 13 turdagi bebaho metallar zaxirasi yashirinib yotibdi. Qimmatbaho, noyob metallar hajmi bo‘yicha ushbu qazilma hududi tilla qazib oluvchi yetakchi davlatlarning eng yirik konlari qatorida e’tirof qilinadi.

OKMKda o‘zlashtirish ishlari jadal olib borilyapti. Kon hududida uchinchi mis-boyitish fabrikasi qad ko‘tarmoqda. 2024 yilga borib bu yerda yiliga 30.1 tonna oltin ishlab chiqariladi. Majmuada eng yuqori soflik darajasiga ega 999 rusumli oltin, yuqori sifatli kumush qazib olinadi. Shu bilan birga elektronika sanoatida keng qo‘llanayotgan misdek rangli metal ishlab chiqarayotgan korxona yer osti boyligi mo‘l olti kon, besh metall boyitish kompleksi, uch metallurgiya zavodini birlashtirgan. Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush quymasi tufayli “Yaxshi xom ashyo yetkazib beruvchi korxona” nomini olgan kombinatimiz London fond birjasi sifat belgisini qo‘lga kiritgan. “Sariq oltin” nomi bilan yuritiluvchi Olmaliq misi esa xalqaro sertifikatga sazovor bo‘lgan.

Yana bir statistikani qoldirib keta olmaymiz. Olmaliq kon-mutallurgiya kombinatida 2022 yilning 11 oyi mobaynida ishlab chiqarish hajmi 97.8 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2016 yilga nisbatan 10 barobar ko‘p.

Amerikada chop etiladigan “Forbes” jurnali yozishicha, oltin qazib olish miqdori hozir dunyo bo‘yicha eng yuqori nuqtaga yetgan. Jahon kengashi tahliliga qaraganda, 2019 yil jahon bo‘ylab 3.531 tonna oltin qazib olinib, mahsuldorlik 2018 yilga nisbatan 1 foiz kamaygan. Mutaxassislar bu ko‘rsatkich oltin ishlab chiqarish sanoatidagi salbiy holat ekanini ta’kidlaydi. Demak, xom ashyo qazib olish tobora kamaymoqda. Bu jahon bozorida oltin bahosi oshishiga olib keladi. Darhaqiqat, so‘nggi yillarda yirik oltin konlari soni qisqarib, tashlab qo‘yilgan eski konlar qayta ishga tushirila boshladi. Shuningdek, maydoni kichikroq yangi tilla konlari ochilmoqda. O‘zbekistondagi “Yoshlik-1” oltin konining ochilishi va ishga tushirilishi jahon mutaxassislari tahlil-u xulosalariga jiddiy o‘zgarish kiritmoqda. O‘zbekiston tajribasi dunyoda hali yangi yirik oltin konlari borligidan darak bermoqda.

2022 yil Toshkentda o‘tkazilgan Birinchi xalqaro investitsiya forumida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin besh yillikda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) ishlab chiqarish yiliga 100 milliard, mahsulot eksporti 30 milliard dollarga yetkazilishini aytgandi. Bunda yangi O‘zbekiston oltinining ham salmoqli hissasi bo‘ladi.

Shu on o‘zbek geologlariga ma’lum bir voqea yodimga tushdi. Mashhur kinorejissyor, Xalq artisti Malik Qayumov eslashicha, geolog olimlar respublikamiz hududidagi oltin konlarini topish va foydalanishga topshirish jarayoniga bevosita rahbarlik qilgan Sharof Rashidovdan so‘rashgan ekan:

– Sizning fotihangiz bilan qazib olish ishlarini qaysi kondan boshlaylik?

Shunda rahmatli Sharof ota savolga savol bilan javob qaytaribdi:

– Qaysi konda qancha zaxira bor?

Geologlarning keyingi fikrlarini diqqat bilan eshitgan birinchi rahbar biroz o‘yga cho‘mgach:

– Mana bunisidan boshlanglar, – deya barmog‘ini xaritaga niqtaydi.    Shunda geologlar “Axir, bu zaxirasi eng kam joy-ku?” – deya hayron bo‘lishadi,

– Shu yerdan boshlayveringlar-chi, qolganlari ham asqotib qolar, hali, – javob beradi Sharof Rashidov.

         Bugun aynan o‘sha “asrab qo‘yilgan” konlardan biri o‘zlashtirila boshlangan bo‘lsa, ajabmas.

Yangi davr oldimizga yangi talablar qo‘ymoqda. Yaqindagina mutlaqo maxfiy hisoblangan ayrim fakt va raqamlar asta-sekin ommaga oshkor qilinmoqda. Hozir jahon bozorida sotilayotgan oltinimiz miqdori aniq. Masalan, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil mamlakatimiz tilladan 2.9 milliard dollar daromad olgan. Bu borada Mo‘g‘uliston, Rossiya, Germaniya singari oltin eksporti bo‘yicha yetakchi davlatlar ortda qoldirilgan. Diyorimizda oltinning tasdiqlangan zaxirasi ayni payt 6 400 tonnani tashkil etadi. Barakasini bersin, Yangi O‘zbekiston oltinining!

Irismat ABDUXOLIQOV,

O‘zA sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston oltini