Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 13 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi.

Xo‘sh, yangicha ruhiyatdagi mazkur musobaqalar qay tartibda tashkil etiladi? Uning tuman va viloyat bosqichlarini o‘tkazish, sovrindorlarni aniqlash tizimida sport federatsiyalarining, joylardagi hokimliklarning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?

Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Qosimov, qo‘mita raisi o‘rinbosari Sh.Toshmatov, boks, dzyudo, og‘ir atletika, taekvondo, yengil atletika va boshqa sport federatsiyalarining bosh kotiblari, yetakchi mutaxassislari ishtirokidagi yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” dasturidan o‘rin oladigan sport turlari, sportchilarning yosh va vazn toifalari, yo‘nalishlari xususida o‘z fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur yangicha tizim mamlakatimizda olimpiya harakatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Mahoratli sportchilarni tanlash, ularni munosib rag‘batlantirish, “Los-Anjeles-2028” Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim omil bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” o‘yinlarining viloyat bosqichi g‘oliblari har yili dekabr oyida poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan “Prezident Olimpiadasi”da qatnashadi.  

Uning g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markazlariga qabul qilinadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasi qay tartibda o‘tkaziladi?