Xorazm va Namangan viloyatlarida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining badiiy gimnastika turi bo‘yicha navbatdagi bosqich bellashuvlari yakuniga yetdi.
Urganch shahridagi zamonaviy “Yoshlik” sport majmuasida o‘tgan bahslarda ishtirokchilarning chiqishlari muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. Musobaqada Nasiba Ikromova birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Nigina Olimova hamda Zaynab Botirova kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Namangan viloyatining eng iqtidorli yosh gimnastikachilari o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Farzia Muhammedova, Kumush Akmalova hamda Gulchehra Murodjonova shohsupaga ko‘tarildi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA