Samarqandda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari ishtirokida III ustozlar milliy forumi o‘tkazildi.

Yangi o‘quv yilida tizimdagi muassasalarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Viloyat hokimi so‘nggi yillarda mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.  

– Sohani yanada yuksaltirish borasida qabul qilingan qator davlat dasturlari, qonun hujjatlari asosida yangi ta’lim muassasalari qurildi, eng zamonaviy o‘quv anjomlari bilan ta’minlandi, – dedi E.Turdimov. – Bu boradagi ishlar bugungi kunda yanada jadal tus olmoqda. Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya – ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bois joriy yilda viloyatimizda 4 ta maktab yangidan qurilmoqda, 90 ta maktabda rekonstruksiya, 12 tasida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Buning uchun 446,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Ushbu qurilish-rekonstruksiya ishlari natijasida viloyatimizda 24 mingga yaqin yangi o‘quvchi o‘rni yaratilmoqda. Ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi maktablar moddiy-texnika bazasi bilan birga avvalo o‘qituvchi va murabbiylarimizning bilimi, malaka va tajribasiga, o‘z kasbiga muhabbatiga ham bog‘liq. Shu bois keyingi yillarda o‘qituvchilarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy muhofaza qilishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi bilan ustozlarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasida ekanligi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. O‘qituvchining mehnati, bilimiga yarasha moddiy rag‘batlantirib borish eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bundan yuzlab o‘qituvchilarimiz samarali foydalanib, moddiy manfaatdorligi oshmoqda.  

Viloyat hokimi samarqandlik o‘qituvchi va o‘quvchilarning yutuqlarini e’tirof etish bilan birga tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ham qayd etib, soha mas’ullari oldida turgan vazifalarga e’tibor qaratdi.  

Forumda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov o‘tgan o‘quv yili natijalarini sarhisob qilib, 2024/2025 o‘quv yilining ustuvor vazifalari haqida ma’ruza qildi.

– O‘tgan o‘quv yilida 68 ta maktab yangi baholash tizimiga o‘tkazilgandi, – dedi Sh.Eshonqulov. – Buning natijasida ta’lim sifati oshgan va yuqori natijalarga erishgan ushbu maktab jamoalariga 40 foizgacha ustamalar belgilanishi maktablar o‘rtasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltiradi. Yangi o‘quv yilidan yana 50 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy etiladi. Ixtisoslashtirilgan maktablar 16 tadan 18 taga yetkaziladi. “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘lgan maktablarimiz 113 tadan 209 taga, milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar 1216 nafardan 2444 taga yetdi. 80 ta maktabda o‘quvchilarga 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb o‘rgatilmoqda. O‘tgan o‘quv yilida vsosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida o‘quvchilarimiz 9 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida respublikada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yangi o‘quv yilida ham bu natijani saqlab qolishimiz lozim.  

Maktabgacha ta’lim sohasida ham amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z natijalarini bermoqda. Joriy yilda 13 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 9 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha, 4 ta xususiy, 268 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

 Forumda bir guruh faol o‘qituvchi va murabbiylar, xalqaro tanlovlar g‘oliblari viloyat hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi