Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam!
Konstitutsiyamiz tarixan sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir.
Unda xalqimizning barcha haq-huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bugun mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotga yana bir qadam tashlandi. Bosh qomusimizni yanada xalqchil, yanada mustahkam bo‘lishida xalq fikri, talab va istaklari inobatga olinib, shu asosda ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borilishi nazarda tutilgan.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Yangilanayotgan Konstitutsiya va yangi islohotlar” mavzusida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo filiali xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda mavzu doirasida atroflicha so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda umumxalq orzusi, istagi, maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish g‘oyasi xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Tadbirda konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishning ahamiyati, Konstitutsiyaviy komissiya tarkibi, komissiyaning vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Davlat kelajagini belgilab beruvchi asosiy huquqiy hujjat - Bosh Qomusimizga takliflar berishda aholi faolligi, jamoatchilikning fikri muhim o‘rin tutadi. Konstitutsiyani yangilashdek strategik vazifani hal etishda jahondagi ilg‘or tajribalarni ham har tomonlama chuqur o‘rgangan holda, puxta qaror qabul qilinishi lozim.

Muloqot mobaynida sohaga oid qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faol bo‘lish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga adliya mas’ullari tomonidan javoblar berildi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA