Joriy yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘ladi. Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 17 oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Hujjat bilan tasdiqlangan dastur doirasida joriy yilgi bayram “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanishi belgilandi. Ta’kidlash joiz, bu borada mamlakatimiz bo‘ylab tizimli tashkiliy-amaliy, ma’naviy-madaniy, ma’rifiy-huquqiy tadbirlar boshlab yuborildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining avvalgi tahriri 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatlari tomonidan qabul qilingan. Asosiy qonunimiz 30 yildan ortiq muddatdan buyon muhim vazifalarini ta’minlab keldi. Biroq keyingi yillarda yurtimizda inson huquq va erkinliklari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, davlat suvereniteti prinsiplari asosida amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar Konstitutsiyamizga zaruriy o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etdi.

Shunga ko‘ra, yangi tahrirdagi Konstitutsiya 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi. E’tirof etish joizki, Konstitutsiya bevosita xalq tomonidan qabul qilingan birinchi huquqiy hujjat bo‘ldi. Bosh qomusimizda xalqimizning yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganini alohida ta’kidlash zarur.

Zero, davlatimiz rahbarining o‘tgan yili 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabriklarida “Tom ma’noda xalqchil qomus bo‘lgan Asosiy qonunimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimiz ortga qaytmasligining mustahkam huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qiladi”, deb ta’kidlaganlari zamirida ham ana shu ulug‘vor haqiqatlar mujassam.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada moddalar 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshdi. Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.

Konstitutsiyamizning avvalgi tahriridan farqli o‘laroq, uning yangi tahririning asosiy g‘oyasi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, inson sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlash, “davlat – jamiyat – shaxs” yondashuvini “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirish, mamlakatda inson qadrini yanada ulug‘lash va huquqiy demokratik davlat barpo etish maqsadida qabul qilingan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu bois, Asosiy qonunda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oya mustahkamlandi. Bosh qonunimizda davlat o‘z zimmasiga olgan 10 ta muhim ijtimoiy majburiyat bor:

Birinchidan, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.

Ikkinchidan, davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Uchinchidan, davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

To‘rtinchidan, bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

Beshinchidan, fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli bo‘ladi.
Oltinchidan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

Yettinchidan, pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.

Sakkizinchidan, davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni ko‘radi.

To‘qqizinchidan, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. O‘ninchidan, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi.

Shu o‘rinda Konstitutsiyamizning muqaddimasidagi mazkur bandiga ahamiyat qarataylik: “...inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda...”.

Kirish qismidayoq yangi O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyili ostidagi ezgu g‘oya, islohotlarimiz markazida inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulug‘vor maqsad-muddao aks etadi. Binobarin, inson sha’ni va erkinligi oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, adolatli jamiyatni yaratish bugungi va kelgusidagi avlodlar oldidagi ulkan mas’uliyat deb ta’riflanayotgan va bu yo‘lda tadrijiy islohotlar olib borilayotgan yurtning ertasi porloq bo‘lishi shubhasiz.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, yangilangan Konstitutsiya inson huquqlarini oliy qadriyat sifatida baholab, demokratiya tamoyillarini o‘zida mujassam etgan, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning farovon hayot kechirishi hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan tarixiy hujjatdir, desak aslo yanglishmagan bo‘lamiz.

Erkinjon Mahmudov,

Qo‘qon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – inson qadri, haq-huquqlarining mustahkam poydevori