O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda davlatimiz rahbari mustaqillik bergan huquq va erkinliklarni har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida chuqur his qilib, bu imkoniyatlardan keng foydalanayotganini ta’kidladi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti Zarina Isroilova shu haqda fikr bildirdi:

– Prezidentimiz qayd etganidek, Yangi O‘zbekiston inson qadri ustuvor bo‘lgan huquqiy davlat va shunday bo‘lib qoladi. Biz odil sudlovga erishish uchun sud ishlarini to‘liq raqamlashtirish, inson omilini kamaytirib, sun’iy intellektdan keng foydalanish borasida faol ish olib bormoqdamiz. Iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud binosiga borib o‘tirishga hojat qolmaydi – taraflar sudda onlayn ishtirok etadi, sudlarda ochiqlik, oshkoralik ta’minlanadi. Qisqacha aytganda, mamlakatimiz “raqamlashgan va adolatli sud davri” ostonasida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Darhaqiqat, fuqarolarning odil sudlovga erishishi uchun qonuniy asoslar bilan bir qatorda ko‘plab qulayliklar ham yartilmoqdaki, bu amalda yurtdoshlarimiz manfaatlariga xizmat qilayotir.  

Odamlarning sud binolariga borib sarson bo‘lishi, kunlab navbat kutishi yoki ochiq bo‘lmagan sud jarayonlarida alolatsizlikka uchrashi yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan noxush holatlar. 

Bugungi kunda sudga ariza berish, murojaat yo‘llash, hatto sud majlisida ishtirok etishni onlayn tarzda, ya’ni masofadan turib amalga oshirish imkoni yaratilgan. 

Eng muhimi, sud jarayonlari asosan ochiqlik asosida o‘tkazilmoqda. Bular aholiga yaratilgan juda katta qulaylik bo‘lib, nafaqat vaqt, balki mablag‘larni tejashga xizmat qilayotgani e’tiborga loyiq. 

Aytib o‘tish kerakki, keyingi sakkiz yilda huquqiy sohada, aynan qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan yuzga yaqin qonun, farmon va qaror qabul qilindi. 

Bular adolatni qaror toptirishga xizmat qilib, aholi va tadbirkorlarning manfaatlari himoyasi ta’minlanishida muhim o‘rin tutmoqda.  

Sud faoliyatini raqamlashtirish darajasi ayni paytda yangi bosqichga chiqdi. Sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan butunlay voz kechish, “Raqamli sud” konsepsiyasini to‘liq amalga oshirishga asos bo‘ladigan Prezident farmoni e’lon qilindi. 

2025 yil 21 avgustdagi “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon bilan sudlarda ko‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlari yanada kengaytirilmoqda.  

Sir emaski, bugungi kunda sun’iy intellekt imkoniyatlari kirib bormagan soha deyarli qolmadi. Tizimning beqiyos imkoniyatlari, ya’ni har qanday ma’lumotni tizimli tahlil qila olish, xato va kamchiliklarini aniqlashi ishni tubdan yengillashtiradi. 

Sudlar faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlari joriy etilishi ham sohaning rivoji bilan bir qatorda suddan foydalanuvchilar uchun keng qulayliklar yaratadi. 

Misol uchun, sudlarda sun’iy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi. “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida sudga ariza berishdan oldin fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlarning hisobi chiqarib beriladi.  

Bu tartibda ko‘rib chiqiladigan murojaatlar sudga faqatgina elektron shaklda yuboriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar esa  sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etadi. Sud ishtirokchilariga ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi. 

“My.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish moduli joriy etiladi. Fuqarolar sudga doir ma’lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniga ega bo‘ladi. 

Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy davlat asoslari yanada mustahkamlanishiga, muhimi, xalqimizning odil sudlovga erishish darajasi ortib borishiga xizmat qiladi. 

N.Abduraimova,

O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan huquqiy davlat