“Dunyoga nazar” tahliliy dasturi

So‘nggi yillarda yurtimiz tashqi siyosati anchayin samarali va faol kechmoqda. Mintaqaviy ijobiy o‘zgarishlarga erishishda izchillik, har qanday sharoitda davlat manfaatini himoya qilish strategiyasi, qolaversa ochiqlik tufayli xalqaro ahamiyatga molik natijalarga erishilmoqda.

E’tirof etish joiz, Yangi O‘zbekiston bugun global va mintaqaviy muammolarni hal qilish uchun xalqaro muloqot maydoniga aylandi. Bugungi globallashuv zamonida, turli o‘zgarish, tahdidlar sharoitida nufuzli xalqaro yig‘inlar aynan yurtimizda o‘tkazilayotgani strategik ahamiyatga ega.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida diyorimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va chuqur demokratik islohotlar natijasi, xalqaro hamjamiyatning o‘lkamizga bo‘lgan yuksak ishonchi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qolaversa, bunday tadbirlarga mezbonlik Vatanimizning nafaqat mintaqaviy, balki global istiqbolidan ham darak beradi.

O‘zA Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoq 150-yubiley Assambleyasi yakunlari, shuningdek O‘zbekistonning faol tashqi siyosati, yaxshi qo‘shnichilik ruhida shakllanayotgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy vaziyat xususida ekspertlarni suhbatga chorladi.

Alisher Sobirov, tarix fanlari doktori, professor: 

– Bundan o‘n besh, yigirma yillar oldin mintaqamizda siyosiy vaziyat boshqacha edi. Bu hududlarda bunday katta sammitlar o‘tkazish to‘g‘risida deyarli gap bo‘lmasdi. Chegaralar, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi nizolar to‘g‘risida gapirmasak ham bo‘ladi. Endi esa vaziyat mutlaqo boshqacha.

So‘nggi yetti-sakkiz yil ichida Yangi O‘zbekistonda juda katta jarayon boshlandi. Diyorimiz Markaziy Osiyo markazida joylashgan. Bu juda muhim ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagach, birinchi o‘rinda biz qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilay boshladik va bu yo‘lda katta natijalarga erishdik.

Samarqandda o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitidan oldin Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi davlat rahbarlarining tarixiy uchrashuvida uch mamlakat yetakchilari chegaralar masalasi bo‘yicha oxirgi hal qiluvchi nuqtani qo‘yishdi. Bu haqda bejiz gapirmayapman. Sababi men ko‘pgina xalqaro konferensiyalar, anjumalarda ishtirok etaman, bahslarda qatnashaman, siyosiy ekspertlar bilan muloqot qilaman. Qiziq jihati, ayrim xorijiy tahlilchilar Markaziy Osiyoda hali ziddiyatlar oldinda, nizolar birinchi navbatda Farg‘ona vodiysidan boshlanadi, deyishardi. Lekin bu taxminlarning umuman aksi bo‘lib chiqdi. Kelishmovchiliklarni hech qanday nizosiz bartaraf etib, hamma muammolarni hal qilib qo‘ydik va bu jarayonda O‘zbekiston hal qiluvchi rol o‘ynadi.

Ikkinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish borasida yurtimiz oxirgi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu ham e’tiborga molik. 

Sharofiddin To‘laganov, siyosiy sharhlovchi:

– 2017 yildan boshlab mamlakatimiz va umuman Markaziy Osiyoda siyosiy vaziyat tubdan o‘zgara boshladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning birinchi tashrifi Turkmanistonga bo‘ldi. Nega bu haqda gapiryapman? Sababi butun dunyoda davlat rahbarining birinchi tashrifga ramziy ma’noda alohida e’tibor beriladi.

E’tiborli jihati, Prezidentimizning qo‘shni o‘lkalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi butun dunyoni qiziqtirib qo‘ydi. Bir misol: 2017 yilgacha ham “S5+” formati bor edi, faqat tashqi ishlar vazirlari darajasida. 2020 yillardan boshlab bu format davlat rahbarlari darajasida kengaydi.

Endilikda Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Qo‘shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi va Ko‘rfaz Arab mamlakatlari ishtirokida ayni formatlar ishlamoqda.

Bugun xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatini ko‘ra boshladi. Bunda O‘zbekistonning juda katta hissasi bor. Qolaversa, Vatanimizning tashqi siyosatdagi olib borayotgan ijobiy ishlari ham Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatida bog‘lab turadi.

Hamza Boltayev, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Afg‘oniston va Janubiy Osiyoni o‘rganish markazi rahbari:

– Markaziy Osiyoga nisbatan xalqaro hamjamiyat e’tibori oshgani bunday nufuzli tadbirlar mintaqamizda o‘tkazilishiga yana bir sabab, deyish mumkin.

Bundan tashqari Markaziy Osiyo mamlakatlarida yangi transformatsiya jarayoni yuz berayotgani ham ushbu sammitlar Toshkent, Samarqandda tashkil etilishiga sharoit yaratmoqda.

Yana bir jihat bor: mintaqada xavfsizlik masalasi. O‘zbekiston Prezidenti barcha katta minbarlarda har doim Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida ko‘ramiz, deb ta’kidlab keladi. Bu O‘zbekistonning Markaziy Osiyoni ustuvor yo‘nalish qilib belgilashga qaratilgan tashqi siyosati va Afg‘oniston bilan do‘stona, pragmatik va iqtisodiy manfaatlarga asoslangan o‘zaro hamkorlik istagi ifodasidir.

Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: nima uchun Afg‘oniston O‘zbekiston, qolaversa Markaziy Osiyo uchun muhim?

Birinchi navbatda “Qo‘shning tinch – sen tinch” tamoyilidan kelib chiqadigan bo‘lsak, qo‘shni o‘lkada urush bo‘lib turishi yoki xavfsizlikka tahdid soladigan masalalar doimiy mavjudligi tinch rivojlanishga xalaqit beradi.

Qolaversa, iqtisodiy taraqqiyotga erishish yoki dunyo hamjamiyatiga chiqish uchun faqat dengiz kerak, degan paradigma o‘zgaryapti. Hozir Xitoyning “Bir makon – bir yo‘l” dasturi orqali yoki boshqa transport yo‘laklari orqali O‘zbekiston mahsulotlarini dunyo bozoriga va dunyo tovarlarini O‘zbekistonga olib kelish imkoniyati kengaymoqda.

Abduvali Soyibnazarov, siyosiy sharhlovchi:

– Ma’lumki, 2016 yildan so‘ng O‘zbekistonda avvalgi yillarga qaraganda ochiqlik va pragmatizmga asoslangan tashqi va ichki siyosat yuritila boshlandi. Yangidan yangi islohotlar amalga oshirildi. Buni albatta G‘arbiy Yevropa ham, Amerika Qo‘shma Shtatlari ham qo‘llab-quvvatladi. 

Mamlakatimizning mintaqa davlatlari bilan yaqinlashishga qaratilgan siyosati o‘z samarasini berdi. Agar qo‘shnilar bilan munosabatimiz yaxshi bo‘lmaganda, rivojlangan demokratik davlatlar mintaqaga hech qachon bunchalik qiziqmagan bo‘lardi. Iqtisodiy taraqqiyotimizda investitsiya yoki infratuzilma loyihalari bilan ishtirok etmagan bo‘lardi, deb o‘ylayman.

Markaziy Osiyo davlatlari hamjihatligida Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik ta’minlanishi omili ham bor. Bu jarayonda O‘zbekistoning hissasi beqiyos. Bu holat ayniqsa, O‘zbekistonga, qolaversa mintaqaga qiziqishni ham oshirib yubordi.

Bu yerda boshqa omillar ham bor. Masalan yurtimiz yuzdan ortiq davlatga viza tartibini bekor qildi, 55 davlat uchun viza olishni soddalashtirdi. Agar mintaqamizda tinchlik barqarorligiga ko‘zi yetmasa, Yevropa davlatlari yoki AQSH xavfsizlik ta’minlanmagan joyga hech qachon kelmagan bo‘lardi, nazarimda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fWRFL68BjeE" title="Yangi O`zbekiston – geosiyosiy markaz va global sammitlar maydoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir ALIMOV,

Shahnoza TOSHTEMIROVA,

Ulug‘bek TO‘XTAEV (videomuhandis).

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston – geosiyosiy markaz va global sammitlar maydoni