O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti 1992 yilning 14 yanvarida mamlakat hududidagi barcha harbiy qismlar, texnikalar va harbiy ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga poydevor qo‘yildi. Qonuniy jihatdan esa 1993 yil 29 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroriga ko‘ra 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni deb belgilab qo‘yildi.

Shu bois har yili 14 yanvar kuni mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlanadi. Bu bayram nafaqat davlat ramzi, balki mardlik, vatanparvarlik, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi fidoyilikning ramzi sifatida katta ahamiyatga ega. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondonining Vatan himoyachilariga yo‘llagan tabrigi chop etiladi va unda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi.

Shuni hisobga olgan holda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, yurtimiz mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish masalalari ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi. Mamlakatimiz Prezidentining bevosita say’-harakati bilan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ham kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z vazifasini astoydil ado etayotgan ming-minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining asl o‘g‘lonlariga xos fazilatlar ulug‘lanadigan ushbu unutilmas sanada Vatan oldidagi burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan botir jangchilarimizni ham doim yod etamiz.

Xalqimizning mard va jasur harbiylarimiz timsolida Vatanni himoya qilishdek dunyodagi eng ulug‘ ishni sharaf bilan ado etib, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari buyuk ajdodlarimizning shonli an’analarini munosib davom ettirib kelayotgan ona yurtimizning chinakam qalqonlarini ko‘radi.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur bobomiz aytganlaridek, “g‘alaba taqdirini avvalo qo‘shinning jangovar ruhi va tayyorgarligi, ma’naviy qudrati va mustahkam irodasi hal qiladi”. 

Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi zimmasidagi muqaddas vazifa sanaladi. Vatan himoyachilari kuni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Xalqimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga bo‘lgan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. 

Yurtboshimizning ta’biri bilan aytganda, keyingi yillarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu g‘oya asosida Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirish, harbiy qurilish sohasini tubdan modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borayotgan islohotlarimiz natijasida milliy armiyamizda chuqur sifat o‘zgarishlari yuz bermoqda, uning saflarida xizmat qilish tom ma’noda shon-sharaf ishiga aylanmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, Yangi O‘zbekiston armiyasi – Vatanimiz tinchligining mustahkam poydevoridir. Milliy armiya tarixan qisqa davrda o‘ziga xos sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari dunyo reytingida Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiya deb tan olindi. Bu esa o‘z navbatida yurtimizda tinch-totuv istiqomat qilib kelayotgan 130 ortiq millatlar qatorida ozarbayjon millatiga mansub fuqarolarimiz uchun ham ishonch, faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. 

Armiyasi qudratli, sarhadlari mustahkam, osmoni musaffo zaminda millati, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar barcha yurtdoshlarimiz uchun yashash, ta’lim olish, mehnat qilish, davlat va jamoat hayotida faol ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratilgan. Shu bois, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi ham millatlararo aloqalarning mustahkamlash barobarida Qurolli Kuchlarimiz nufuzini yanada oshirish uchun yoshlarni harbiy xizmatga jalb qilish va ularda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirishga tegishli hissa qo‘shib kelmoqda. 

Yaratganga ming shukurlar bo‘lsinki, biz O‘zbekistonday bag‘rikeng, jannatmakon yurtda boshqa millat vakillari qatori tug‘ishgan o‘zbek xalqi bilan og‘a-iniday tinch-totuv va ahillikda umrguzaronlik qilib yashamoqdamiz. Vatanimizning ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilib, uning yuksalishiga munosib hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz. 

Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi jamoasi hamda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan ozarbayjon diasporasi nomidan Vatan himoyachilarini bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Azmu shijoatli O‘zbekiston harbiylari – Vatanimiz posbonlariga shon-sharaflar bo‘lsin!

                              M.Mamedov,

 Respublika ozarbayjon 

milliy madaniy markazi raisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxridir