Vatan har birimizning hayotimiz, taqdirimiz, farzandlar kelajagi, baxti va istiqboli bilan bog‘liq xilqat. Shu sababli ulg‘ayib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularida kamolga yetkazish dolzarb ahamiyatga ega.

Ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga yoshlarimizni yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid chuqur mazmunga ega ta’sirchan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham ro‘yobga chiqarilmoqda. 

Ayniqsa, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tavsiyasi asosida tayyorlanib, mamlakatimiz bo‘ylab keng namoyish qilinayotgan "Vatan manzumasi" adabiy-ma’rifiy dasturi bu borada muhim o‘ringa ega bo‘lmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tayyorlanayotgan ushbu dasturda yuksak vatanparvarlik, mardlik va jasorat, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik singari fazilatlar ta’sirchan shakllarda tarannum etilmoqda. 

Poytaxtimizdagi "Turkiston" san’at saroyida taqdimoti o‘tkazilgan navbatdagi "Vatan manzumasi" dasturida ham ana shunday ezgu tushuncha va qadriyatlar, ibratli fazilatlar o‘ziga xos talqinlarda aks ettirildi. 

"Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" degan ezgu g‘oya asosida tayyorlangan bu galgi dastur shakl va mazmun jihatdan yanada takomillashtirilib, ko‘lami va qamrovi kengaygani e’tiborga loyiqdir. 

[gallery-23591]

Tantanali ma’rifiy tadbirda poytaxtimizdagi "G‘alaba bog‘i" majmuasida istiqlol ishlarida yurtimiz tinchligi va uning sarhadlari daxlsizligini himoyalash yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan mard va jasur harbiylarning xotirasiga bag‘ishlangan "Millat fidoyilari" xotira yodgorligi hamda Ikkinchi jahon urushi janggohlarida mardona kurashgan hamda front ortida mehnat qilgan vatandoshlarimizning tengsiz jasoratini madh etuvchi "Xotira nuri" kompozitsiyasi barpo etilishining ma’naviy hayotimizdagi ahamiyatini ochib beruvchi jihatlarga alohida ahamiyat qaratildi. 

Muhtasham saroy foyesida tashkil etilgan harbiy qurol-yarog‘larning maketlari, badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tadbir ishtirokchilari uchun mavzuning o‘ziga xos muqaddimasi vazifasini o‘tadi. 

Aytish kerakki, ushbu ma’rifiy dastur aniq g‘oya va syujet hamda teatrlashtirilgan badiiy kompozitsiyalar asosida tayyorlangani bilan ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dasturga uzoq vaqt davomida puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Tashkiliy va ijodiy guruh tomonidan jonajon O‘zbekistonimiz, mehnatsevar xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi ulug‘langan, tomoshabinlarning ma’naviy olamini yuksaltiradigan ta’sirchan she’rlar saralandi. Yangi qo‘shiqlar yaratildi. She’r va kuy-qo‘shiqlarning ma’no-mazmunini ifodalaydigan, ularning ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan mazmundagi video-lavhalar suratga olindi. 

"Vatan manzumasi" loyihasining bu galgi namoyish kuni ham yetib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. 
Sahnaga harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlar o‘z sardorlari boshchiligida chiqib keladi. Tadbirning hayajonli lahzalari ishtirokchilar qalbiga ko‘chgani bilan diqqatga sazovor edi. "Vatan manzumasi" dasturidan o‘rin olgan kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari harbiy xizmatchilarning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kamol topib, mard va professional askarlarga, chinakam Vatan himoyachilariga aylanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Kechada O‘zbekiston Qurolli Kuchlaridagi zamonaviy o‘zgarishlar, "Xalq bilan armiya – bir tanu bir jon" degan ezgu g‘oya, ko‘p millatlar xalqimizga xos o‘zaro ahillik va hamjihatlik tuyg‘ularining milliy armiyamiz hayotida yorqin namoyon bo‘layotgani chuqur mazmun, betakror she’rlar, dilbar qo‘shiqlar, mo‘’jizakor raqslar yordamida ochib berildi. 

Askarlarning hayajonli va mas’uliyatli harbiy faoliyati, dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin topib borayotgan jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligini, chegaralarimiz daxlsizligini munosib himoya qilish uchun zarur harbiy bilim va ko‘nikmalarni, xususan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt asoslarini o‘rganishi, zamonaviy qurol-aslahalarni boshqarishi ta’sirchan lavhalarda namoyon bo‘ldi. 

Dastur davomida baxshilar tomonidan ijro etilgan ona-Vatanni ulug‘lovchi termalar, buyuk ajdodlarimiz – mard va jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi va jahongir sohibqiron bobomiz Amir Temur monologlari, o‘zbekona oriyat va g‘urur tarannum etilgan, jadid ma’rifatparvarlarining yurt taraqqiyotiga erishish yo‘lidagi intilishlari aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari, taniqli ijodkorlar va iste’dodli shoirlar ijrosidagi she’r va qo‘shiqlar, harbiy jamoalarning chiqishlari hech kimni befarq qoldirmadi. 

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan ijro etilgan jangovar chaqiriq, "Yangi O‘zbekiston Armiyasi", "Men posbonman", "Armiya va tarbiya" singari qo‘shiqlar va boshqa bir qator qiziqarli musiqiy-xoreografik chiqishlari tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Shuningdek, "Nihol" mukofoti sovrindori, Saidnosir Yigitaliyev, iste’dodli xonandalar Shuhrat Daryo, G‘aybulla Tursunov, Madina Fayzullayeva, O‘temis Jumaniyazov ijro etgan milliy va mumtoz qo‘shiqlar davraga fayz kiritdi. 

Yangi tariximiz sahifalarida hammamiz doim minnatdorlik bilan eslaydigan shunday insonlar borki, ular mustaqilligimiz himoyasi yo‘lida, sharafli xizmat burchini o‘tash chog‘ida jon fido etgan chinakam qahramonlardir. Ustoz ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ana shunday mard va jasur, fidoyi yurtdoshlarimizning aziz xotirasiga bag‘ishlangan "Barhayot o‘g‘lonlar" deb nomlangan yangi she’ri qalblarni g‘oyat to‘lqinlantirdi, hayajonga soldi. 

– Yigit kishi qaysi sohada faoliyat ko‘rsatmasin, Vatan himoyasini o‘z umrining oliy maqsadi, hayot shiori, ori, nomusi, deb biladi, – dedi Davlat soliq qo‘mitasi Bojxona instituti kursanti Muhammadismoil Abdumannonov. – "Vatan manzumasi" deb nomlangan ushbu betakror dasturda bu jihatlar o‘zining yorqin ifodasini topgani bilan diqqatga sazovordir. 

Darhaqiqat, betakror dastur davomida tegishli vazirlik va idoralar hamda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Mard askarga sovg‘a" turkumida nashr etilgan yangi kitoblarning taqdimoti o‘tkazildi. 

Tadbir davomida sahnalashtirilgan dastur ishtirokchilari bilan zaldagi bo‘lg‘usi harbiylar, soha xizmatchilari, talaba-yoshlar o‘ziga xos yaxlitlikni tashkil etgani sira mubolag‘a emas! Bu albatta, "Vatan manzumasi" dasturining maqsad va g‘oyalari el-yurtimiz dilidagi his-tuyg‘ularga hamohang ekanidan, xalqimiz ongu tafakkuri, bugungi va kelajak hayotimizga daxldorlik tuyg‘usi yuksalib borayotganidan dalolat beradi. 

– "Vatan manzumasi" adabiy-ma’rifiy dasturi taqdimoti barchaga juda manzur bo‘ldi, – dedi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti Shohruh Ne’matov. – Bu kabi ma’rifiy loyihalar Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash borasidagi ibratli ishlarga yanada ko‘proq chorlaydi. 

"Vatan manzumasi" adabiy-ma’rifiy dasturi taqdimotida davlat va jamoat arboblari, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, tizimdagi harbiy ta’lim muassasalari kursantlari, huquq-tartibot sohasi talaba-yoshlari, ijodkor ziyolilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ilm-fan, madaniyat sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Mazkur ma’rifiy tadbir poytaxtimizda izchil davom etadi. Yaqin kunlarda "Vatan manzumasi" ma’rifiy dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlarda, shahar va qishloqlarda, ta’lim maskanlarida, mahallalarda tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov ishtirok etdi. 

Nazokat Usmonova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!