Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Navoiy viloyati Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, sport musobaqalari va intellektual o‘yinlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida xodimlar, markaz o‘qituvchilari hamda oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda jamoalar O‘zbekiston Qurolli kuchlarida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, qiziqarli bahslarga kirishdi.

Jarayonda g‘olib jamoalar aniqlandi. Tadbir davomida markazda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sportning stol tennisi, shaxmat-shashka hamda kamondan otish sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar ham olib borildi.

Qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uch avlod uchrashuviga bog‘lanib ketdi.

Viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi, veteran jangchi faxriylar kengashi hamda Navoiy davlat universiteti bilan hamkorlikda talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uch avlod uchrashuvi qizg‘in kechdi.

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarni o‘z qasamyodiga sodiq, bilimli va malakaga ega aql-zakovatli mard va azmi shijoatli xodimlar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi.

Zero, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli kuchlarimiz va ularning safida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan ming-minglab qo‘riqlash xodimlarimiz bilan birga o‘sib kelayotgan avlodning ham munosib hissasi bor.

Uchrashuvda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/j6R6mZzqn1s" title="“Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” (+video)