Yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik
2025-2026-o‘quv yilida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Buxoro viloyatida qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib bormoqda.
Ayni paytda Investitsiya dasturi asosida viloyatdagi 20 ta umumta’lim maktablari, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati va 7 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda 1 ta yangi ta’lim muassasasi qurilib, 15 tasida rekonstruksiya, 5 tasida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Natijada yangi o‘quv yilida 5 796 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan yangi o‘quv binolari, 660 tarbiyalanuvchi o‘rniga ega MTT binolari va 2 ta sport zal foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.