Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mamlakatimizda yangi o‘quv yilidan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Unga dastlab 8-sinf bitiruvchilari orasidan eng iqtidorli 60 nafar o‘g‘il-qiz saralab olinadi. O‘quv dasturi xalqaro andoza asosida ishlab chiqilgan — asosiy, ixtisoslik hamda yetakchilik va ijtimoiy faollikni o‘rgatuvchi fanlardan iborat bo‘ladi.

Yoshlar Amerikaning "Pechak ligasi” (The Ivy League) universitetlariga tayyorlanadi. Buning uchun 6 bosqichli Milliy dastur qabul qilinib, dastlab 3 ming nafar o‘quvchi saralab olinadi.

Saralangan o‘quvchilarga Prezident va ixtisoslashgan maktablardan maslahatchilar biriktirilib, ular Renessans oromgohida 3 haftalik intensiv o‘quv kurslarida o‘qitiladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafar o‘quvchi “Pechak ligasi” universitetlariga tajriba almashish uchun yuboriladi.

Shuningdek, kelgusida chet elda tahsil olib kelgan yoshlarni o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish bilan ta’minlash uchun “Mamlakat oltin fondi hamjamiyati” tuzilishi rejalashtirilgan.

U orqali iqtidorli yoshlar yagona platformada birlashtiriladi, imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yilidan xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi