Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz!
Oʻzbekiston muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovi arafasida turibdi. Oʻtgan haftadan eʼtiboran mamlakatimizda sogʻlom raqobat, xalqchil gʻoyalar kurashi boshlandi.
Oʻzbekiston muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovi arafasida turibdi. Oʻtgan haftadan eʼtiboran mamlakatimizda sogʻlom raqobat, xalqchil gʻoyalar kurashi boshlandi.
Taʼkidlash kerakki, saylovlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olingan strategik vazifalarni amalga oshirishda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham saylovoldi jarayonlarda yangicha gʻoya, yangicha qarashlar bilan faol ishtirok etmoqda.
Bugun yurtimizda bu jarayonlarning lokomotivi sifatida oʻrtaga chiqqan qatlam – tadbirkorlardir. Prezidentimiz xalqimizni bugun yaxshi yashashiga erishishini vazifa qilib qoʻyar ekan, uni tadbirkorlik rivoji bilan bogʻlayotganlari bejiz emas, zero, qachonki, tadbirkor boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi.
Shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda partiya xalq bilan birga boʻlish, xalq dardini eshitish va muammolarni birgalikda hal etish, ularning muammosini oʻzining muammosi, deb bilib yangicha formatda targʻibot aksiyalarini boshlab yubordi.
Jumladan, partiya siyosiy kengashi ijroiya qoʻmitasi tomonidan poytaxtimizdagi Xalqlar doʻstligi saroyi oldidagi maydonda “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad turli aksiyalar va taniqli sanʼatkorlarni jalb qilgan holda partiya gʻoya va maqsadlarini aholi ongiga singdirish, aholining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishdan iborat boʻldi.
Tadbirni partiya siyosiy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi A.Xaitov kirish soʻzi bilan ochib, joriy yilgi saylovlar butunlay yangicha muhitda, yangicha huquqiy sharoitda oʻtishini aytib, bu siyosiy jarayonga OʻzLiDeP ham jiddiy tayyorgarlik koʻrayotganini taʼkidladi. Partiyaning yangi Saylovoldi dasturida belgilanayotgan asosiy gʻoya va vazifalar haqida ishtirokchilarga maʼlumot berdi.
“Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostidagi targʻibot tadbiri har qanday rasmiyatchilikdan xoli tarzda ochiq maydonda oʻtkazildi. Zero, partiya saylovoldi targʻibot tadbirlarini zerikarli, bir tomonlama maʼruza shaklida tashkil etish amaliyotidan voz kechib, erkin muloqot tarzida oʻtkazilmoqda.
Targʻibot tadbirida taniqli tadbirkorlar, chempion sportchilar soʻzga chiqib, oʻz fikrlarini bildirdi. Mashhur estrada xonandalarining chiqishlari ishtirokchilarga koʻtarinki va bayramona kayfiyat ulashdi.
OʻzLiDeP bu kabi yangicha targʻibot tadbirlarini nafaqat poytaxtimizda, balki mamlakatimizning barcha hududlarida ham oʻtkazishni rejalashtirgan.