Yangi normalar fuqarolarning farovon yashashiga xizmat qiladi
Poyxtaxtimizda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi tomonidan “Konstitutsiyaviy islohotlar – inson sha’ni va qadr-qimmati uchun” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini, yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyatini aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda fuqarolarni faol ishtirok etishga chaqirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov ishtirok etib, nutq so‘zladi.
[gallery-11632]
Bayramona tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilgan normalar, ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Bosh qomusimizda xalqimizning fikri, xohish-irodasi, barcha toifalarning — yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘qituvchilarning huquq va manfaatlari aks etgan. Yangi normalar fuqarolarning farovon yashashiga, davlatning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Bayramona tadbirda el suygan san’atkorlar chiqishlari bilan davraga o‘zgacha fayz ulashdi.
Muhtarama Komilova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA