Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “2024-2025 yillar davomida Navoiy viloyatida qurilish sohasida olib borilgan ishlar, bosh rejalarning ishlab chiqilishi hamda ko‘p qavatli uylar qurilishida erishilgan natija va ko‘rsatkichlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda bosh boshqarma boshlig‘i Akbar Niyozov amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi. 

Ta’kidlanganidek, sohani raqamlashtirish ishlariga e’tibor qaratilishi natijasida viloyatda faoliyat yuritayotgan 1390 ta pudrat tashkilotlaridan 830 tasining moliyaviy holatlari yaxshilandi, 2024-2025 yillar davomida 4 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.

Birgina markazlashtirilgan dasturlar doirasida barcha manbalar hisobidan 283 ta ob’ektda 700 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Yangi texnologiyalar va mahalliy materiallardan foydalanish natijasida 86 milliard so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.

– Ushbu iqtisod qilingan mablag‘lar 4 ta yangi ta’lim ob’ektlari hamda dastur doirasida limiti yetishmagan 17 ta ob’ektlarning qurilish-ta’mirlash ishlariga yo‘naltirildi, – deydi A.Niyozov. – 2024 yildagi dasturlar doirasida 67 ta 4734 ta xonadonli uy-joy foydalanishga topshirildi. 

Davlatimiz Rahbarining 2025 yil 21 fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Navoiy viloyatida 2025 yilda 5500 xonadonli 69 ta uy-joylar foydalanishga topshirilishi belgilangan bo‘lib, 10 ta 842 xonadonli uy-joy “Yangi O‘zbekiston” massivlarida, 59 ta 4658 xonadonli uy-joy talab yuqori bo‘lgan boshqa hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 

[gallery-22824]

Hozirda “Yangi Navoiy shaharchasi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Shaharchaning umumiy maydoni 1098 gektarni tashkil etib, birinchi bosqichda 450 gektar yer maydonida qurilish ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha Navoiy shahri markazining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash, hududni obodonlashtirish, investorlar uchun jozibadorligini oshirish, zamonaviy ob’ektlar qurish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda. 

“Yangi Navoiy shaharchasi” yirik zamonaviy biznes va turar-joy binolaridan tashkil topgan infratizim bo‘lib, undan ko‘p qavatli uylar, biznes markazlari, yirik kutubxona, ko‘ngilochar va istirohat bog‘lari, sun’iy ko‘l, hunarmandchilik ustaxonalari hamda boshqa bir qator bino, inshootlar o‘rin oladi.

“Yangi Navoiy” shaharchasi hududidan birinchi bosqichdagi 97 gektar yer maydoni hududidan 28 ta lot auksion savdolari orqali tadbirkorlarga realizatsiya qilindi. Bugungi kunda 12 ta lot bo‘yicha ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlari to‘liq tayyorlanib, davlat ekspertizasining ijobiy xulosalari olindi va 51 ta turar joy binolarining qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, Navoiy davlat universitetining qurilishi boshlangan. Davlat test markazi qurilishi esa nihoyasiga yetkazilmoqda. 

Matbuot anjumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan, loyihaning 2024 yil 2-mavsumi doirasida viloyatda 87,9 milliard so‘mlik 74 ta ob’ektda qurilish va jihozlash ishlari amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari bo‘yicha 56 ta loyiha pudratchilari “Shaffof qurilish” orqali, jihozlash ishlari bo‘yicha 18 ta loyiha yetkazib beruvchilari “dxarid.uz” portali orqali aniqlab olingan. 

Hozirda 56 ta loyihadan 15 tasida qurilish montaj ishlari bajarilmoqda, 5 tasida foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, 36 ta ob’ekt foydalanishga topshirilgan.

Jihozlash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan 18 ta loyihadan esa 15 ta loyiha foydalanishga topshirilgan.

Ayni paytda har bir qurilish ishlari tasdiqlangan bosh reja asosida belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Вилоятда 8 ta shaharcha va qishloq aholi punktlari bosh rejasi ishlab chiqilmoqda.

Tadbir so‘nggida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi Navoiy shaharchasi” loyihasi amalga oshirilmoqda