Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida 2019 yil 12 dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan sohani rivojlantirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida joriy yilning 11 oyi davomida jami 9 ming 797 ta yangi namunadagi kadastr pasporti tayyorlandi. Jumladan, bino va inshootlar kadastr pasporti bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarga 3 ming 193 ta,  ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarga 4 ming 786 ta, noturar joy ob’ektlariga 1 ming 423 ta, yer uchastkalarining kadastr pasporti bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarga 23 ta, noturar joy ob’ektlariga 372 ta hujjat berildi.

– Yangi namunadagi kadastr pasportining afzalligi shundaki, avvalo, barcha kadastr ma’lumotlari bir joyda yagona ma’lumotlar bazasida saqlanadi, – deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Shoxruh Abdurahimov. – Ma’lumotlarni onlayn ravishda bazaga ulangan holda ko‘rish mumkin. Uy-joy bilan bog‘liq barcha kadastr ishlari doimiy ravishda elektron tarzda qayd etib boriladi. U yo‘qolib qolsa yoki yaroqsiz holga kelib qolganda masofadan turib bloklash va va qisqa vaqt ichida mulkdorga yangi kadastr pasportini berish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 oktyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolar uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida belgilab qo‘yildi.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Navoiy viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolar tahlil qilinganda viloyatda jami 52 ming 87 ta fuqaro ro‘yxatga olinganligi, shundan 1424 tasining nomida uy-joy mavjudligi va 370 fuqaroning uy-joylariga kadastr hujjati rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi. bugungi kunda kadastr hujjati mavjud bo‘lmagan 370 ta kam ta’minlangan oilaning 227 tasi umumiy to‘lov xarajatlarining 50 foizini to‘lagan bo‘lsa, 83 fuqaroning uy-joylariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari to‘liq homiylar hisobidan qoplab berildi.  

– Uy-joyim uchun yangi kadastr pasporti berildi, – deydi Navbahor tumani “Toshrabot” mahallasida yashovchi Sunnat Omonov. – Rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan xarajatlar homiylar hisobidan to‘lab berildi. Bu hujjatning qulayligi shunda ekanki, maxsus mobil ilova orqali kadastr pasporti ma’lumotlarini ko‘rish, qolaversa, QR-kod orqali ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni istalgan vaqtda olsa bo‘larkan.  

Hozirda qaror talablaridan kelib chiqqan holda yangi namunadagi kadastr pasporti tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi namunadagi kadastr pasporti