Yangi Namanganda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda qurilish sohasida zamonaviy, mustahkam va sifatli materiallarga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Bunday ehtiyojni mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qondirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash hamda eksport hajmini ko‘paytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan sanaladi.
Yangi Namangan tumanidagi “Muhtasham tom markazi” korxonasida qurilish sohasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuqori sifatli sendvich panellar, tunuka va tom mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
[gallery-30267]
2012-yilda tashkil etilgan mazkur korxonada bugungi kunda 25 nafar ishchi mehnat qilmoqda. 2025-yilda korxona tomonidan 500 tonna tunuka iste’molchilarga yetkazib berilgan. Joriy yildan esa Qirg‘iziston va Tojikistonga mahsulot eksport qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Korxona kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishni maqsad qilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA