Yangi Namangan tumanida DXX kubogi g‘oliblari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun sportning mini-futbol va futbol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan taqdirlash marosimida musobaqaning final bosqichi g‘olib va sovrindorlari e’tirof etildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasidagi mini-futbol bahslarida Mingchinor mahallasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi mini-futbol musobaqasida Ishonch mahallasi, futbol bahslarida esa Guliston mahallasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.
[gallery-29891]
Tadbir yakunida tuman hokimligi, ichki ishlar hamda prokuratura organlari rahbarlari tomonidan g‘olib va sovrindorlarga medallar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichida Yangi Namangan tumani sharafini himoya qiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA