FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanida barpo etilayotgan Yangi Namangan shaharchasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan uchinchi bosqichida qurilish ishlari davom etmoqda. Mazkur “aqlli” shaharcha to‘liq qurib bitkazilganda aholiga shu yerning o‘zida yashashi, ishlashi va dam olishi uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Natijada 2026 yilga borib, Namangan bir million aholi istiqomat qiladigan yirik shaharga aylanadi.

Yangi Namangan shaharchasi ichida 95 gektar yerda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” barpo qilinmoqda. Mazkur loyiha uchun Davlatobod tumanining Yuksalish hamda To‘raqo‘rg‘on tumanining Yettikon mahallalari hududidan 1 ming 371 gektar yer ajratilgan. U yerda 410 ta ko‘p qavatli uy, 7 ta maktab, 4 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, ko‘plab infratuzilma inshootlari bunyod etilmoqda.
Viloyat ishchi guruhi maskanda bo‘lib, qurilish loyihalarini yana bir bor ko‘zdan kechirdi. 

Qurilishga jalb etilayotgan maxsus texnikalardan samarali foydalanish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. 
Shu yerning o‘zida viloyat rahbari boshchiligidagi ishchi guruh e’tiboriga IIB YHXB tomonidan Namangan shahri va tumanlar markazlarida avtomobil tirbandliklarining oldini olish, “Namangan erkin iqtisodiy zonasi”ni kengaytirish borasida yangi loyihalar taqdim etildi. 

[gallery-15496]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Namangan shaharchasining qurilish ishlari davom etmoqda