FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatidagi eng yirik loyihalardan biri - “Yangi Namangan” shaharchasi qurilishi uchun Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlari hududidan 1203 gektar yer maydoni ajratilgan.
[gallery-18990]
Ushbu manzilda 50 mingdan ortiq xonadonga ega 721 ta turar joy, 28 ta umumta’lim maktabi, 24 ta bolalar bog‘chasi, 5 ta shifoxona, shuningdek zamonaviy biznes markazlari, oliygoh, kutubxona va o‘nlab maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qad rostlaydi. Ayni paytda loyihalar ijrosiga kirishilgan bo‘lib, bunyodkorlik jarayoni jadal sur’atda davom etmoqda.
Jumladan, Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.
5 gektar maydonda qurilish ishlari olib borilayotgan ushbu ob’ekt ming o‘rinli o‘quv binosi, 400 o‘rinli talabalar turar joyi, axborot-kutubxona markazi hamda faollar zalini o‘z ichiga oladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA