Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

- Barchangizni bugungi quvonchli voqea – Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yangi mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlanayotgani bilan chin qalbimdan tabriklayman, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. - Vatanimiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida ezgu niyatlar bilan mana shunday ulkan loyihani amalga oshirishga kirishmoqdamiz. Bu muhim voqea nafaqat ushbu kombinat hayotida, balki mamlakatimiz sanoati tarixida yangi davr boshlanayotganidan yaqqol dalolat beradi.

Keyingi yillarda kombinat faoliyati yuksak darajaga ko‘tarilib, mis ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobarga ko‘paygani va 150 ming tonnaga yetkazilgani ta’kidlandi.

O‘tgan uch yil mobaynida kombinat konlarida umumiy uzunligi 206 ming metr bo‘lgan 475 ta quduq burg‘ulangan. Xalqaro miqyosda tan olingan xorijiy laboratoriyalarda ushbu konlar rudasining 100 mingdan ortiq namunalari kimyoviy tahlillar asosida chuqur o‘rganilgan. Xalqaro baholash mezonlariga ko‘ra, bu yerda misning yalpi zaxirasi 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etishi aniqlangan. Bu dunyo miqyosida ham eng yirik va noyob ko‘rsatkichlardir.

Shuningdek, bu yerda qazib olinayotgan ruda tarkibida kumush, molibden, selen, tellur, reniy va boshqa nodir metallar borligi ham aniqlangan.

Bugun dunyoda “yashil iqtisodiyot”, qayta tiklanadigan energiya manbalariga e’tibor kun sayin ortib bormoqda, elektr texnikasi sanoati jadal rivojlanmoqda. Buning natijasida 2030 yilga borib mis mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj kamida 40 foizga ortishi kutilmoqda. Bu Olmaliq kombinati mahsulotlariga xalqaro talab uzoq yillar davomida yuqori bo‘ladi, deganidir.

Shu bois mamlakatimizda rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

“Yoshlik-1” koni negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi shu boradagi ulkan qadamlardan biridir. Qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan ushbu korxona birinchi bosqichda yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi.

Ikkinchi bosqichda quvvat 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi ko‘rsatkichdan 3 barobarga ko‘payadi. Ushbu ikki bosqich amalga oshirilishi natijasida korxona 2028 yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Shu tariqa Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi.

- Kelgusida kombinat ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi 3 martadan ziyod ko‘payib, uning qiymati hozirgi 2,5 milliard dollardan qariyb 8 milliard dollarga yetadi. 11 mingta yangi, yuqori texnologik ishchi o‘rinlari yaratiladi.

Bu esa yosh yigit-qizlarimiz uchun geolog, muhandis, texnolog, loyihachi, dasturchi va boshqa zamonaviy kasb-hunarlarni egallash imkonini beradi.

Bu ulug‘vor rejalar – tom ma’noda inqilobiy qadam, desak, to‘g‘ri bo‘ladi, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari rangli metallar sanoatini rivojlantirishga qaratilgan rejalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Kelgusi yildan geologiya-qidiruv ishlarida to‘liq xalqaro JORC standartlariga o‘tiladi. Yaqin 5 yilda barcha loyihalar hisobidan ruda qazib olish va qayta ishlash hajmi mamlakatimiz bo‘yicha yillik 130 million tonnadan 300 million tonnaga ortadi.

Hozirgi kunda yurtimizda konlarni geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish bo‘yicha Kanada, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar kompaniyalari ish olib bormoqda.

Prezidentimiz chet ellik investorlar uchun imkoniyatlar yanada kengaytirilishini ta’kidladi.

Xususan, mis va oltin bo‘yicha qazilma boyliklarga soliq stavkalarini 10 foizdan 7 foizga, tabiiy gaz va neft bo‘yicha 10 foizga, uran bo‘yicha 8 foizga, volfram bo‘yicha 10 foizdan 2,7 foizga tushirish rejalashtirilgan. Bunday imtiyozlar investorlarda albatta katta qiziqish uyg‘otadi.

Shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Toshkentda geologiya fanlari bo‘yicha Italiyaning Piza universiteti filiali ochiladi.

Marosimda «Gazprombank» boshqaruvi raisining o‘rinbosari Aleksey Matveyev, «SRK Consulting» kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Mayk Bir, geolog va metallurglar, nuroniylar so‘zga chiqdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi