Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri, bugungi kunda operatsion samaradorlikni oshirish bo‘lib, korxonaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish orqali rivojlanishni kafolatlaydi.

Muhimi, bu jarayon mahsulot tannarxini pasaytirish, energiya va xomashyo tejamkorligini oshirish, shuningdek, texnologik va tashkiliy samaradorlikni yaxshilash orqali kombinatning dunyo bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalishda kombinatda yangi mexanizm joriy etildi. 

– Xodimlar, kon ishlari, boyitish, metallurgiya, energetika, mexanika, transport, qurilish, raqamlashtirish, yoqilg‘i-energiya va xomashyo sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarni taqdim etishlari mumkin bo‘ladi. Yangi mexanizmning boshqa o‘xshash mexanizmlardan afzalligi, muallif uchun taklifni ishlab chiqishda maksimal yengilliklar yaratish hamda taklifni tatbiq etishda ishtirok etgan barcha xodimlarni rag‘batlantirishdan iborat, – deydi OKMK Transformatsiya, ESG va xalqaro reytinglar loyiha ofisining strategiya va operatsion samaradorlikni oshirish bo‘limi boshlig‘i Bobur Siddiqjonov. 

Jarayonning qanday ishlashi ko‘pchilikni qiziqtiradi. Xususan, operatsion samaradorlikni oshirish takliflarini taqdim etish, ko‘rib chiqish va amalga oshirish to‘rt bosqichdan iborat. Takliflarni ishlab chiqish (1-bosqich): kombinat xodimlari o‘z takliflarini maxsus platforma orqali rasmiylashtiradi. Tarkibiy bo‘linmada tuzilgan ishchi guruh takliflarni ko‘rib chiqadi, saralab, loyiha hujjatlarini tayyorlash guruhini tayinlaydi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish (2-bosqich): loyiha hujjatlarini tayyorlash guruhi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, reja, muddatlar, xavflar tahlili va pilot loyiha rejasini tayyorlaydi. 

Operatsion samaradorlikni boshqarish va muvofiqlashtirish qo‘mitasi hujjatlarni ko‘rib chiqadi va keyingi bosqichga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Pilot loyihalarni amalga oshirish (3-bosqich): zarur hollarda, pilot (tajriba-sinov) loyihasi reja bo‘yicha amalga oshiriladi, hisobot tayyorlanadi va Qo‘mita keyingi bosqichga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Loyihalarni amalga oshirish (4-bosqich): asosiy loyiha reja bo‘yicha amalga oshiriladi, monitoring qilinadi va mukofotlar taqsimlanadi. 

Rag‘batlantirish esa taklif amalga oshirilgandan so‘ng yillik keltirgan foydadan 10 foizgacha umumiy rag‘batlantirish miqdori aniqlanadi. Umumiy rag‘batlantirish mablag‘larining 60 foizi loyiha bo‘yicha taklif muallifiga, 40 foizi qolgan ishtirokchilarga taqsimlanadi. 

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi mexanizmda qulaylik yaratiladi