Sirdaryo viloyati Xovos tumanining "Obod turmush" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 100 o‘rinli 32-sonli umumta’lim maktabi binosi yangidan qurildi.

Ushbu mahalla bolalari mazkur bino qurilmasdan oldin o‘z yashash manzilidan 3 kilometr uzoqlikda joylashgan Gulbahor mahallasi hududidagi 6 - sonli umumta’lim maktabiga qatnar edi. Ochiq kunlarda bilinmasa-da, yog‘ingarchilik kunlari noqulayliklar keltirib chiqardi.  Endi "Obod turmush"liklar ham o‘z maktabiga ega bo‘ldi.

Maktab binosini yangidan qurish, jihozlash uchun Jahon bankining 3 milliard 350 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘i yo‘naltirilib, qurilish ishlarini viloyatdagi "Aziz Temur Fayz" qurilish tashkiloti quruvchilari amalga oshirdi.

–Foydalanishga topshirilgan yangi umumta’lim maktabi binosi  o‘qituvchilar, ushbu mahallada istiqomat qilayotgan aholi va ularning farzandlari uchun 1 oktyabr–O‘qituvchilar va murabbiylar kuni oldidan bayram tuhfasi bo‘ldi,–deydi 32-sonli umumta’lim maktabi direktori G‘ayrat Yoqubboyev.

Yangicha dizayn, ilg‘or me’moriy yechimga ega umumta’lim maktabi binosiga  energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan bo‘lsa, kimyo, biologiya, fizika, axborot  texnologiyalari, musiqa kabi to‘garaklar xonalari eng so‘nggi jihozlar bilan ta’minlangan. Kutubxona fondi esa jahon va o‘zbek adabiyotining nodir asarlari, turlih- tuman mavzudagi ilmiy-ommabop kitob, jurnal, gazetalar bilan boyitilgan. Bundan tashqari, sport zal, futbol maydoni, oshxona, tibbiyot xonasi, faollar zali. Xullas, ko‘rgan ko‘zni quvontiradigan shart-sharoit yaratildi.

Mazkur umumta’lim maktabi binosining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, faollar va nuroniylar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etib, yangidan foydalanishga topshirilgan umumta’lim maktabi, uning imkoniyatlari to‘g‘risida gapirib, eng so‘nggi uslubda jihozlangan  o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi